O‘zbekistonda margarin va bolalar ovqatlariga talab katta

Rossiya O‘zbekistonga oziq-ovqat eksportini yana-da ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Toshkent bir qator tovarlarni sotib olishi kerak, Rossiya esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi.

2020 yilda Rossiyadan respublikaga yetkazib berish deyarli 50 foizga oshdi.

Bunday natijalarga so‘nggi yillarda, jumladan, mamlakatlar o‘rtasidagi “yashil yo‘lak” tufayli erishilmoqda. Avvalroq Moskva va Toshkent fitosanitariya nazoratining soddalashtirilgan shakli bilan nazorat punktlari sonini ko‘paytirgan edi. (biroq, shunga qaramasdan “baʼzida” bir necha tonna gilos, pomidor va qalampir Rossiya hududiga kiritilmasdan qaytarib yuborilayotgan edi)

Rossiyaning “Agroeksport” markazining maʼlumotlariga ko‘ra, marshmallov, marmelad va lolipoplar ham O‘zbekiston bozorida yaxshi istiqbollarga ega.

Bundan tashqari, margarin va bolalar ovqatlariga talab katta. 2024 yilga kelib Rossiya ushbu tovarlarni yetkazib berishni 30 million $ dollarga ko‘paytirmoqchi.