Qozog‘istonda kovidga qarshi emlash boshlandi

Kecha qo‘shni Qozog‘istonda aholini Kovidga qarshi rossiyaning “Sputnik V”vaksinasi bilan ommaviy emlash boshlandi.

Respublikada birinchi navbatda davlat xizmatchilari va shifokorlar emlanadi. Vaksinatsiya bepul, buning uchun davlat 119 million dollar ajratdi.

Mamlakat Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev: “Biz epidemiyalarga qarshi jahon tajribasidan foydalanamiz. Vaksina pandemiyani yengib chiqadigan yagona ishonchli vosita. Fuqarolarni emlash uchun barcha xarajatlarni davlat o‘z zimmasiga oladi”, – deb taʼkidladi.

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi emlash uch bosqichda amalga oshiriladi:

1 fevraldan boshlangan birinchi bosqichda: yuqumli kasalliklar shifoxonalari, tibbiyot, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, intensiv terapiya bo‘limlari, shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari xodimlari emlanadi. Hammasi bo‘lib 100 ming kishi.

1 martda boshlanadigan ikkinchi bosqichda vaksinani oladiganlar: o‘rta maktab o‘qituvchilari, universitetlar, tibbiyot xodimlari. Hammasi bo‘lib 150 ming kishi.

1 apreldan boshlanadigan uchinchi bosqichda: maktab-internatlar o‘qituvchilari, o‘quvchilar va surunkali kasalliklari bor bemorlar emlanadi. Hammasi bo‘lib 600 ming kishi bor.

Dastlabki uchta guruhga kiritilmagan fuqarolarni emlash aprel oyining oxiri – may oyining boshlarida amalga oshiriladi.

Bu yil Qozog‘iston koronavirusga qarshi 6 million kishini emlashni rejalashtirmoqda, buning uchun 10 million doza vaksina kerak bo‘ladi, dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasining rasmiy vakili Yerjan Baytanayev.

Taʼkidlash kerak, Qozog‘iston MDH davlatlari ichida ommaviy emlashni birinchilardan boshladi.