Oyda hukumronlik o‘rnatishda xususiy kompaniyalar tajribasidan foydalaniladi

Pentagon NASAning Oydagi bazalarini Rossiya va Xitoydan himoya qilishga vaʼda berdi.

AQSh Mudofaa vazirligi kelajakda NASAning Oydagi bazalarini himoya qilishi mumkin. Pentagon “harbiy harakatlar maydoniga aylanishi” mumkin bo‘lgan “kosmosdagi mavqeini mustahkamlash” niyatida”, deb xabar berdi Wall Street Journal.

AQSh Mudofaa vazirligi va NASA o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning kengayishi Rossiya va Xitoyning “chaqirig‘iga” qarshi turish zarurati bilan bog‘liq. Manbaada keltirilishicha, “Pentagon harbiy amaliyotlar maydoniga aylanishi mumkin bo‘lgan kosmosdagi hukmronlik mavqeini mustahkamlash uchun fuqarolik kosmik dasturlarini amalga oshirish jarayonida xususiy kompaniyalar tajribasidan foydalanmoqchi”.

P.S. oyda hukumronlik o‘rnatish bo‘yicha harakatlar ancha keskin tus olishi mumkin. O‘zbekistonda esa chimildiqqa qaysi oyoq bilan bilan kirish bo‘yicha muhokamalar davom etmoqda.