Boylar sayyoramizni kambag‘allarga qaraganda ikki baravar ko‘proq ifloslantiradi

Ijtimoiy tengsizlikka va iqlim adolati uchun kurash yagona bitta kurashdir, demoqda tahlilchilar.

Dunyoning eng boy odamlari dunyoni ifloslantirib, iqlim o‘zgarishiga hissa qo‘shmoqda, kambag‘allar esa bu salbiy oqibatlardan qiynalmoqdalar. Oxfam International tadqiqotchilari shu xulosaga keldilar.

So‘nggi 25 yil ichida jahondagi eng boy 1% insonlar kambag‘al bo‘lgan 50% aholiga qaraganda ugleroddan ikki baravar ko‘proq foydalangan, deb taxmin qilinadi. Qazib olinadigan yoqilg‘ini yoqish va karbonat angidrid chiqindilarini hosil qilish jarayonlari iqtisodiy samarador va boy mamlakatlar farovonligining asosiy omili hisoblanadi.

Oxfam International koronavirus “pandemiyasi” tengsizlikni deyarli har tomonlama kuchaytirdi degan xulosaga keldi: 18 martdan 31 dekabrgacha milliarderlarning boyligi 3,9 trillion dollarga oshdi, shu bilan birga kuniga 5,50 dollardan kam bo‘lgan mablag‘ga yashovchi odamlar soni 2020 yilda 500 millionga yetdi. Bu tengsizlik uglerod chiqindilariga ham taalluqlidir.

Bundan tashqari, “tijorat parvozlarini taqiqlash fonida dunyo bo‘ylab xususiy samolyotlarning savdosi keskin oshdi”.

“Bu iqlim o‘zgarishi oqibatida insonlarni eng katta ko‘chishiga duch keladigan, taʼsir xavfi katta bo‘lgan past va o‘rta daromadli mamlakatlar uchun yana-da kuchli taʼsir etishidan hech kim sug‘urtalanmaganligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda iqlim o‘zgarishining eng katta yukini qashshoqlikda yashovchi ayollar ko‘tarmoqda, bu esa yoshlar uchun oziq-ovqat va suv taʼminotini qiyinlashtirmoqda”, deyiladi Oxfam hisobotida.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, “dunyo aholisi o‘rtasida uglerod qazib olishdan foyda oladiganlar bilan u uchun pul to‘laydiganlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish milliy hukumatlar uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi kerak”.

Oxfam rasmiylari hukumatlar umumiy energiya talabini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni jadallashtirishga yordam beradigan, shu jumladan qazilma yoqilg‘i sanoatiga beriladigan subsidiyalarni tugatadigan siyosatni amalga oshirishi kerak, deb hisoblamoqda.

Uglerod chiqindilariga juda katta soliqlarni joriy etish va undan tushgan mablag‘larni ijtimoiy yordam dasturlari doirasida muhtoj bo‘lgan kambag‘allarga berish taklif qilinmoqda.