O‘limga ko‘maklashish: evtaniziyaga ruxsat berilgan davlatlar soni ortmoqda

Portugaliya parlamenti evtanaziyani qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi.

136 kishi qonun loyihasiga ovoz berdi, 78 kishi qarshi chiqdi va to‘rt kishi betaraf qoldi.

Evtanaziyani Portugaliyaning voyaga etgan fuqarosi yoki mamlakatda yashash huquqiga ega bo‘lgan, oxirgi bosqich kasalligi bo‘lgan yoki chidab bo‘lmas og‘riq bilan og‘rigan odam so‘rashi mumkin.

Endi qonun loyihasini mamlakat prezidenti Marselo Rebelo di Sousa tasdiqlashi kerak.

Prezident veto qo‘yishi yoki qonun loyihasini Konstitutsiyaviy sudga taqdim etishi mumkin, ammo agar u uni maʼqullasa, Portugaliya Evtanaziyaga yo‘l qo‘ygan Yevropada 5-va dunyoda 8-davlatga aylanadi.

Bu nima – insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki suʼiqasdga yordamlashish? Ushbu “jarayonni” amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardir.

Chidab bo‘lmas azoblar va kasallikning terminal bosqichlari – evtanaziya jarayoniga ruxsat berilgan aksariyat davlatlarda asosiy sabablar xuddi shulardan iborat. Masalaning axloq va diniy jihatlari borasidagi bahslar tinmayotgan bo‘lsada, ammo bemor o‘lish huquqini tanlashga haqliligini tobora ko‘proq davlatlar tan olmoqda.

Bu nima – insonparvarlikmi yoki qotillik? Yoki suʼiqasdga yordamlashish? Ushbu “jarayonni” amalga oshiradigan shifokorlar ko‘nglidan nelar kechadi? Din bunga nima deydi? Bu tibbiyot yordamida hayotdan ixtiyoriy tarzda ketishni istagan inson haqida eng keng tarqalgan savollardan bo‘lsa kerak.

Shu tariqa, Portugaliya yaqin ikki yilda evtanaziyaga ruxsat berilgan Yevropa Ittifoqining beshinchi mamlakati bo‘lishi mumkin. Hozirda evtanaziyaga Niderlandlarda, Belgiyada, Lyuksemburgda va Germaniyada ruxsat berilgan.

Shveysariyaning Syurixida jarayon 1941 yildan o‘tkazib kelinadi. Boshqa mintaqalar va qitʼalarga keladigan bo‘lsak, azob chekayotgan insonlarga bu dunyoni qachon tarq etish borasida tanlash huquqini beradigan davlatlar unchalik ko‘p emas: bu Yangi Zelandiya, Kanada, Kolumbiya va Avstraliya. Isroil, Shvetsiya va Meksikada faqatgina muayyan holatlarda ruxsat beriladi.

Belgiyada esa 2002 yildan kuchga kirgan bu qonunchilik insonni yoshidan qatʼiy nazar o‘tkazilishi mumkin.

AQShda evtanaziya 2015 yili 4 shtatlarda ruxsat berilgan bo‘lsa hozirga kelib sakkizta shtatlarda qonuniylashtirilgan va evtanaziya o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs jarayonni boshlashni 2 marotaba so‘rashi kerak bo‘ladi.