Bir inson qissasi

Bizning oilamiz faqat buvim Sharlotta (Sharlotta Fridrixovna Zeyts) – otamning onasi tufayli omon qolgan. Uni kelib chiqishi asl nemis edi va shuning uchun bizga temir intizomini singdirgandi.

1941-1942 yillardagi birinchi eng dahshatli qish, leningradliklarning har biriga 125 grammdan non berilardi – bu kichkina bo‘lakni kun bo‘yi cho‘zib yeyish kerak edi. Baʼzilar darhol o‘zlarining kundalik ratsionlarini o‘sha zahotiyoq isteʼmol qilar va tez orada ochlikdan vafot etardi, chunki boshqa ovqat yo‘q edi. Shu sababli, buvim bizning ovqatlanishimiz ustidan barcha nazoratni o‘z qo‘liga oldi. U butun oila uchun beriladigan nonni o‘zi olib kelar, uni katta eshikli shkafga qo‘yib, kalit bilan qulflar va har soat qatʼiy ravishda kichik bir bo‘lakdan bo‘lib berardi.

Ko‘zim oldida hali ham tez-tez o‘sha holat qaytariladi: men yoshgina bola, shkafning oldida o‘tirib, soat miliga tezroq harakatlanishini so‘rab iltimos qilmoqdaman –ovqat yeyishni juda hohlardim… Buvimning aynan shu hislatlari bizni qutqardi.

Bilasizmi, ko‘pchilik biz duch kelgan vaziyatga tayyor emas edi. Yodimda, 1941 yil kuzida qo‘shnimiz biznikiga kelib, kasal bolasi uchun bir osh qoshiq irmik (manka) so‘raganda, buvim hech narsa demay unga bir hovuch berib yuborgan. Chunki, hech kim oldimizda bizni nima kutayotganligini tasavvur ham qilmagan. Hamma blokada uzoqqa cho‘zilmasligiga va Qizil Armiya tez orada qurshovni yorib o‘tishiga amin edi.

Ha, ko‘pchilik sovuqdan vafot etdi. Shuning uchun, bizning kvartiramizda doim burjuy pechkasi doimo yonib turardi. Qaynoq suv har doim tayyor turishi uchun undan chiqqan ko‘mirlarni samovarga tashlardik. Choyni deyarli tuxtamay ichardik. To‘g‘ri, uni darchindan (koritsa) tayyorlardik, chunki haqiqiy choyni topish ilojisi yo‘q edi. Ayrim vaqtlari buvim bizga chinnigul kukuni, bir chimdik limon kislotasi, bir osh qoshiq soda berardilar, uni qaynoq suvda eritib yuborsa “sitro”ga o‘xshagan suyuqlik paydo bo‘lardi. Ajib bir suyuqlik. Blokadaning na bir dabdabali taomi – bu yog‘och uchun kley va xantal (gorchitsa) aralashmasidan tayyorlangan желе….

Yana bir haqiqiy bayram bu cho‘milish imkoniyati. Suv yo‘q edi, shuning uchun biz belkurak bilan qorni tozalardik – yuqori, iflos qatlamni olib tashlab pastki qismi chelaklarga yig‘ib uyga olib kelinardi. U yerda uni eritib, qaynatib, buvim bizni chumiltirardilar. Ular buni ishni muntazam ravishda bajaradilar, chunki ochlik paytida o‘zini qo‘yib yuborish juda xavfli. Bu umidsizlik va halokat tomon birinchi qadamdir.

Ikkinchi qishda oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyat biroz osonlashdi, chunki nihoyat shaharga “Katta yerdan” yetkazib berish tashkil qilindi. Ammo, shaxsan menga qiyin bo‘ldi, chunki mening sevimli buvim endi yo‘q edi. Uni asl irsiy nemis sifatida Leningraddan Sibir yoki Qozog‘istonning bir joyiga surgun qilishgandi. U poyezdda vafot etdi… U atigi 68 yoshda edi. Men “atigi” deb aytmoqdaman, chunki hozir meni yoshim undan ancha katta.

Meni ham shahardan haydab chiqarishlari mumkin bo‘lgan, lekin o‘sha paytga kelib ota-onam meni rus sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishgan va shu sababli men qolganman.

… Buvimni kuzatish uchun yig‘ilish punktiga onam borgan. Poyezdga chiqishdan oldin, platformada makaron pishirayotgan ulkan qozonlar bo‘lgan. Buvim o‘ziga atalgan ratsionidan bir parchani sindirib, bizga berib yuborgan. O‘sha kuni biz makarondan shurva ichganmiz. Bu mening buvim haqida oxirgi esdaliklarim.

Ko‘p o‘tmay, men kasal bo‘lib qoldim. Va onam meni yolg‘iz qoldirishdan qo‘rqib, bir necha kun davomida zavodga ishga bormadi. Uni ishdan bo‘shatishdi biz esa oziq-ovqat ratsioni kartalarisiz qoldik.

– Biz chindan ham ochlikdan o‘lishga tayyor edik, ammo moʻjiza yuz berdi. Bir paytlar onam boshqa birovning o‘g‘lini tarbiyalagan ekan (enagalik qilgan) – uni onasini suti bo‘lmagan. Blokada paytida u kishi shahar sog‘liqni saqlash bo‘limida ishlagan, qandaydir tarzda onamni topib, unga bolalar bog‘chasida buxgalter sifatida ish topishda yordam bergan. Shu bilan birga, meni ham o‘sha yerga joylashtirishgan, garchi o‘shanda deyarli sakkiz yoshda edim. Tekshiruv kelganda ular meni ustimga ko‘rpacha bekitib boshqa xonaga bekitishardi.

Men, albatta, nabiralarimga bu haqda aytib beraman, lekin ular urush bu qanday fojia ekanligini shaxsan ko‘rmagan inson kabi, buni tushunishlari qiyin. Mana shuncha yillar o‘tdi, ammo blokada aks-sadosi yuragimda yangramoqda. Masalan, men likobchada qolib ketgan taomni ko‘ra olmayman. Shu sabab nabiramga aytaman: “O‘zing qancha ovqat isteʼmol qila olsang shuncha ol, keyinroq yana bir qo‘shimcha olishing mumkin”.

U g‘azablanadi – buvisi o‘zining g‘aroyib harakatlari bilan uni qiynayotgandek.

Shunchaki u tinchlik davridagi oddiy odam singari, bu kichik non bo‘lagi to‘satdan o‘limdan qutqarib qolishi mumkinligini tasavvur qila olmaydi.

©️ Alisa Freyndlix