OFK Kubogida g‘olib bo‘lgan yagona o‘zbek klubi tarqab ketishi mumkin

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra bugun Qarshida mavsum oldi tayyorgarlikni boshlashi kerak bo‘lgan “Nasaf” hamon moliyaviy muammolar iskanjasidan chiqa olmagan.

Avvalgi yig‘inda kerakli tibbiy vositalarni o‘z kissasidan olib mashg‘ulotlarni davom ettirgan Ro‘ziqul Berdiyev va uning murabbiylar shtabi 2021 yilda ishlaydimi, yo‘qmi, buni o‘zlari ham bilmaydilar. Sababi klubdagi aksariyat xodimlar bilan shartnoma o‘z yakuniga yetgan. Murabbiylar har qancha qiyinchilikka chidashga rozi. Ammo shartnoma muddati tugagan futbolchilarning sovchilari juda ko‘p va ular bu ahvolda “Nasaf”da faoliyatlarini davom ettirishlari so‘roq ostida turibdi. Chunki klubda yangi mavsum uchun hech qanday sharoit yaratilmagan.

O‘rinbosarlar tarkibi hali yig‘ilmagan. Jamoaning oshxonasida ovqat tayyorlash uchun mahsulot tugab bo‘lgan. Futbolchilar allaqachon o‘zlariga yangi jamoa izlashga tushib ketishgan. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, AGMK OCHLga chiqqan taqdirda, “Nasaf” OFK Kubogida ishtirok etadi. Ammo bunday holatdagi tayyorgarlik bilan O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan ochkolar boy beriladi va keyingi 2 yil uchun yana xalqaro maydonlardagi kvotalarimiz tushib ketadi.

Bir necha yil avval “Mashʼal” klubi mana shunday tarzda qurbon qilindi va bugun o‘zbek futboli isteʼdodlarni yetkazib beruvchi asosiy manbalaridan biridan ayrildi. “Nasaf” bilan ham shunday vaziyat sodir bo‘lsa bundan hech kim yutmaydi.

“Nasaf”ga yordam beriladimi?