Putinga bo‘lgan ishonch darajasi 29 foizga tushib ketdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bo‘lgan ishonch darajasi yanvarning oxiri – fevral oyining boshida 29% gacha tushdi. Bu haqda “Levada” markazi” xabar bermoqda.

infografika:levada centr

2020 yil avgust-oktyabr oylarida Putinga bo‘lgan ishonch darajasi 33-34% darajasida bo‘lgan. Shu bilan birga, sotsiologlar Putinning ishonch darajasi ikki yildan ko‘proq vaqt davomida pasayib borayotgani, vaqti-vaqti bilan faqat bir yoki ikki pog‘onaga o‘sish ko‘zatilganligini taʼkidlamoqda. 2017 yil noyabr oyida Putinga bo‘lgan ishonch darajasi 59 foizni tashkil etgan.

“Levada” shuningdek, Aleksey Navalniyning ishonch darajasi 5 foizgacha o‘sgani va birinchi marta Rossiya Kommunistik partiyasi rahbari Gennadiy Zyuganovga bo‘lgan ishonch darajasidan oshib ketganligini qayd etgan.

Shu bilan birga, prezidentni maʼqullash darajasi 64 foizni tashkil etmoqda – bu ko‘rsatkich so‘nggi bir necha yil ichida deyarli o‘zgarmay qoldi.

infografika:levada centr

18-24 yoshlar guruhi orasidagi respondentlarning 51 foizi prezident faoliyatini maʼqullashadi, 46 foizi norozi. Taʼkidlash lozim, so‘nggi uch yil ichida ushbu yosh toifasida Putinni maʼqullash darajasi deyarli uchdan biriga kamaygan.

Rossiyaliklarning yarmi (49%) mamlakat to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda deb hisoblamoqda, 40% aholi esa bunga qarshi fikrda. Ushbu ko‘rsatkich pandemiyaning birinchi to‘lqini paytidagi pasayishdan so‘ng biroz tiklandi.

infografika:levada centr

Shu bilan birga, 18-24 yoshdagi respondentlarning 48% mamlakat noto‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda, 44% – mamlakat to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda, deb taʼkidlaganlar. 25-39 yosh guruhi uchun natijalar mos ravishda 44% va 43% ni tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardan (50%) yoki Internet nashrlaridan (47%) yangiliklar olgan respondentlarning yarmi bo‘layotgan voqealarni salbiy baholaydilar. Yangiliklarni televizor orqali kuzatuvchilarning 57 foizi Rossiya uchun to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganligiga ishonadilar.