Saraton va COVID-19

“Nima qilish kerak? Vaksinatsiya qilish yoki davolanishni qoldirib onkologiyadan o‘lish, ammo antitellar bilan?”

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari onkologi Andrey Kaprin, endigina saraton kasalligiga chalingan bemorlar uchun COVID-19ga qarshi emlashni hojati yo‘q deb hisoblamoqda.

“Barcha bemorlar bir-biridan juda farq qiladi … Hozirgina kasallik aniqlangan va maxsus davolanishni boshlaydigan bir guruh bemorlar, zudlik bilan jarayonni boshlashi shart, chunki, davolanishni boshlashlari ular uchun muhimroq o‘z vaqtida davolanish kerak”, dedi Kaprin.

Agressiv ximioterapiya yoki radiatsiya terapiyasidan o‘tayotganlar va remissiyada bo‘lganlar ham emlanishga hojat yo‘q, dedi u.

Saraton kasallariga umuman kovidga qarshi emlash kerakmi? IA Realistning savoliga tibbiyot fanlari nomzodi, Moskva shahar shifokorlar ilmiy jamiyatining (MGNOT) yuqori terapiya maktabi koordinatori Andrey Vorobyov javob berdi:

“Birinchidan, vaksina hali sinovdan o‘tkazilmaganligini aytish kerak. Xavfsizlikni baholash uchun faqatgina 20 respondentda sinovlar o‘tkazilgan, uchinchi bosqichni o‘rganish hali kutilmoqda. Tugatish mart oyida rejalashtirilgan, shuningdek natijalarni yuqori darajada ilmiy qayta ishlash va xulosalarni nashrga tayyorlash uchun vaqt ketadi.

Faqatgina yozga borib emlash bo‘yicha maʼlumotlar berish mumkin bo‘ladi. Saraton kasallariga kelsak: tibbiyot pandemiya tufayli to‘xtab qoldi tajribalar o‘tkazilmadi.

Buning natijasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar o‘limining ko‘payishiga olib keldi. Odamlar rejalashtirilgan operatsiyalarga, dispanser kuzatuvi uchun o‘z vaqtida shifokorga bora olishmadi. Xo‘sh, hozirda emlash tufayli davolanishni keyinga qoldirish taklif etilmoqda. Odamlar nima haqida o‘ylashmoqda? Biz sog‘lom odamlarning emlashga shoshilish kerakligi haqida gapirmoqdamiz biroq, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashga shoshilmaslik kerakmi?. Bu kasallik kutib turmaydi. Onkologiyadan vafot etish mumkin biroq, uning qabr toshi ustiga: “COVID-19ga qarshi emlangan” deb yozab qo‘yishlari uchunmi?.

Biroq, boshqa qarashlar ham mavjud:

***Saraton kasalligi bilan og‘rigan bemorlar shifokor bilan batafsil maslahatlashgandan so‘ng koronavirusga qarshi emlanishlari kerak. Bu haqda Moskva merining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova aytib o‘tdi.

“Davolovchi shifokor bilan batafsil maslahatlashgandan so‘ng, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni koronavirusga qarshi emlash kerak – buning uchun shahardagi poliklinikalar va ko‘chma guruhlarga asoslangan emlash markazlarining keng tarmog‘i yaratildi”, deya uning so‘zlarini keltirmoqda Interfaks.

Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, har qanday jiddiy kasallik infeksiya jarayoniga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi.

“Afsuski, bu saraton kasallariga ham tegishli – ular xavfi katta guruhga kiradi. Bunga kasallik va avvalgi operatsiyalar tufayli tanadagi immunitet tizimining pasayishi sabab bo‘ladi », – dedi u.

*** Novosibirsk bosh onkologi Vadim Zaxarova saraton kasalligiga chalinganlarga COVID-19ga qarshi emlashni to‘liq taqiqlash to‘g‘ri emasligini aytdi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashxis qo‘yilgan baʼzi bemorlarga emlash mumkin va bu xavfsizdir. Shifokor bu haqda TASSdagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

«Men saraton kasalligida COVID-19ga qarshi emlashga nisbatan ijobiy munosabatdaman. Agar bemor kimyoterapiya jarayonida, radiatsiya terapiyasi jarayonida yoki kurslar oralig‘ida bo‘lmasa, emlash zarur va mumkin », – dedi Vadim Zaxarov.

Bosh onkologning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda saraton kasalligiga chalingan har bir bemor emlash uchun shifokorning ruxsatini olishi kerak: har bir holat individualdir va vaksinaning xavfli o‘smani davolashga taʼsiri darajasi hali to‘liq o‘rganilmagan.

*** Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Vladimir Chulanov “Komsomolskaya Pravda” ga bergan intervyusida remissiya holatida bo‘lgan saraton kasallariga koronavirusga qarshi emlash mumkinmi yoki yo‘qligini tushuntirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu savol noaniq, chunki bu borada hali keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu bilan birga, mutaxassis nashrga qatʼiy kontrendikatsiyalar yo‘q deb javob berdi.

Shifokorlar COVID-19   preparatining remissiyadagi autoimmun va saraton kasalliklarida istalmagan reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablarni aniq bilmaydilar. “Men ularni emlashni to‘g‘ri deb bilardim, ammo davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng”, dedi Chulanov.