Erdo‘g‘on namoyishga chiqqan talabalarni “terrorchilar” deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Istanbulning eng obro‘li universitetida hukumatga sodiq rektor tayinlanishiga qarshi chiqib o‘tkazilayotgan namoyishlarni bostirishga vaʼda berib, talaba namoyishchilarni “terrorchilar” deb atadi, deya xabar berdi Yahoo News.

“Terroristik guruhlar aʼzosi bo‘lib, mamlakatimiz milliy va axloqiy qadriyatlarini bo‘linishiga sabab bo‘layotgan bu yoshlarning pozitsiyasini qabul qilmayman … Sizlar talabamisiz yoki rektor xonasiga intilayotgan terrorchilarmi?”, dedi Erdo‘g‘on Adolat va taraqqiyot partiyasi aʼzolariga qilgan videomurojaatida.

Davlat rahbari kelajakda 2013 yilda bo‘lib o‘tgan butun Turkiyani qamrab olgan aksilhukumat noroziliklarining oldini olishga vaʼda bermoqda.

O‘sha vaqtda fuqarolarning bunday xarakatlariga sabab bo‘lgan jarayon Vazirlar Mahkamasining Istanbulning Taqsim maydoniga tutashgan Gezi bog‘idagi daraxtlarni kesish rejalariga qarshi chiqishdan boshlangan edi.