Germaniya Rossiya vaksinasidan hayratga tushdi

Rossiya G‘arb davlatlarini koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yaratishi bilan ajablantira oldi, deb yozmoqda Die Welt gazetasi jurnalisti Jak Shuster.

Uni fikriga ko‘ra, Rossiya uzoq vaqt davomida o‘z ixtirolari bilan G‘arbni hayratga sola olmagan. So‘ngi marta 1957 yilda Sovet Ittifoqi birinchi sunʼiy Yer yo‘ldoshini kosmosga uchirishga muvaffaq bo‘lganida dunyo mamlakatlari hayrat bilan Moskvaning yutuqlarini tomosha qilgandilar. U ixtiro bilan Moskva Amerika qitʼasiga yadroviy raketalarni uchirishi mumkinligini ko‘rsatgandi.

“Koronavirusga qarshi yaratilgan yangi vaksina esa: Rossiya, nafaqat yadro raketalari bor davlat ekanligini ko‘rsatdi”, – dedi Shuster. Shuningdek, u vaksinaning nomi birinchi sunʼiy yo‘ldoshni nomiga yaqinligiga urg‘u berdi.

Jurnalist vaksinaning samaradorligi va undan chet elda foydalanish bo‘yicha kelishuvlar Rossiyaga keyinchalik siyosiy jabhada ham qo‘llaniladigan obro‘-eʼtiborni olib kelganligini taʼkidladi. Prezident Vladimir Putin o‘z tizimining ustunligini isbotlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi, deb xulosa qildi muallif.

2 fevral kuni The Lancet  jurnali “Sputnik В” ning uchinchi bosqich sinovlari natijalari koronavirusga qarshi 91,6% samaradorligini namoyish qilgani haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Vaksinani sinovdan o‘tkazishda 19 866 kishi ishtirok etgan.

Kreml “Sputnik V” ning The Lancet  jurnalida chop etilgan klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalari uni samaradorligini ishonchli tarzda namoyish etayotganlini taʼkidladi. Bundan tashqari, natijalar Rossiyada vaksina tezkor ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘ri bo‘lganligini ishonch bildirilgan.

“Sputnik V” – bu koronavirusga qarshi ro‘yxatdan o‘tgan birinchi rus vaksinasi, u koronavirus geni ichidagi adenovirus asosida yaratilgan. U hujayralarga kirganda, ularda oqsillar hosil qiladi – ular immunitetni keltirib chiqaradi va antitanachalarni rivojlanishiga yordam beradi.