Rossiya Tojikistonga maxsus texnikalar yetkazib berishda davom etmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi hech qanday to‘lovlarsiz Tojikistonga maxsus texnika yetkazib berdi. Rossiya 40 ta muhandislik va maxsus texnika – razvedka vositalari, MTO-I texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonalari, TMK-2 g‘ildirakli transport vositalari, ekskavator va elektr stansiyasini taqdim etdi.

Rossiya tomonining fikriga ko‘ra, ushbu sovg‘a “tojik armiyasining jangovar qobiliyatini va harakatchanligini oshiradi”.

Aytgancha, Rossiya milliy qurolli kuchlarni modernizatsiya qilish dasturi doirasida muntazam ravishda Tojikistonga harbiy va muhandislik uskunalarini yetkazib turadi va tojik qo‘shinlarini to‘liq qayta jihozlash bilan shug‘ullanadi.

P.S. Rossiya mana shunday “sahovatli” yordamchi.