Qishki Olimpiya o‘yinlari atrofidagi “o‘yinlar”

Xitoy Pekin Olimpiadasini boykot qilinishiga sanksiyalar bilan javob beradi. Bu borada XXR allaqachon ogohlantirish bergan: “2022 yilgi qishki o‘yinlarga aralashishga uringanlar bundan afsuslanadilar”.

Xitoy rasmiylari bayonatida kelitirishicha: AQSh nimada ayblamasin, Xitoy har qanday xolatda ham Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyor.

Pekindagi Qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga bir yil qoldi va uning atrofida siyosiy kurash keskin kechmoqda. AQSh senatorlari Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini o‘yinlarga mezbonlik qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Britaniyalik parlamentarilar o‘z sportchilarini o‘yinlarda qatnashmaslikka chaqirmoqda. Aksiyaga 180 nafar inson huquqlari guruhlari qo‘shildi. XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili “xotirjamlik” bilan o‘yinlarga tayyorgarlik odatiy tarzda davom etmoqda deb taʼkidladi. Shu bilan birga, Kommunistik partiya tomonidan nashr etiladigan gazetada Xitoy boykot ishtirokchilariga qarshi sanksiyalarni qo‘llashi to‘g‘risida material eʼlon qilgan.

Olimpiya o‘yinlari mezbonlari uchun eng katta xavfni AQShning Shinjonda inson huquqlari buzilishi haqidagi daʼvolari keltirib chiqarmoqda. Sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo u yerda genotsid sodir bo‘lganligi to‘g‘risida bir necha bor eʼlon qilgan edi.

AQShning ayblovlari Olimpiadani zudlik bilan bekor qilinishiga olib kelmaydi, balki Xitoy bilan hamkorlik olib borayotganlarning barchasiga taʼsir qiladi. 2022 yil fevral oyida bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlariga 90 ga yaqin davlatlar o‘z sportchilarini yuborishlari kerak.

Pekin esa genotsid ayblovlarini ochiqdan ochiq yolg‘on deb aytmoqda. AQSh va Buyuk Britaniyadan tashqari, Avstraliya va Kanadada ham Pekinga sportchilarni yuborilmasligi bo‘yicha masala ko‘rilmoqda.

To‘g‘ri, hozirga qadar biron bir hukumat yoki mamlakat vakili bo‘lgan sport idorasi Olimpiadani tark etishini eʼlon qilmadi.

Ko‘pgina shtatlar o‘yinlarga qarshi turishga jurʼat eta olishmasa kerak. Ammo Qo‘shma Shtatlar Olimpiadani Xitoyga bosim o‘tkazish uchun axborot sababi sifatida ishlatishi mumkin.

Sizningcha, XXRdagi sportni boykot qilish mumkinmi yoki yo‘qmi?