Lukashenko O‘zbekiston prezidentining rejalaridan “baʼzan qo‘rqishini” aytdi

Aftidan, u Shavkat Mirziyoyevni Markaziy Osiyo davlatlarining boshqa rahbarlariga qaraganda ancha ambitsiyali deb biladi.

“U bilan O‘zbekistonning rejalari to‘g‘risida suhbatlashishni boshlaganimda, baʼzida qo‘rqaman, u hamma narsaga keskinlik bilan o‘zgartish kiritishga harakat qilmoqda. Balki natijalar unchalik tez bo‘lmas, chunki dunyo katta raqobat ichida, ko‘rib turibsiz, ayniqsa, pandemiya va boshqa voqealar fonida butunlay aqldan ozgandek”, dedi Lukashenko O‘zbekistonning Minskdagi elchisi bilan uchrashuvda.

Lukashenko “O‘zbekiston boshqa davlatlarning nazaridan chetda qolishi mumkin emas” va “Mamlakat prezident Mirziyoyev bilan barcha muammolarni yengib chiqadi”, deb hisoblaydi.