“Bir jinsli munosabatlarni dekriminallashtirish masalasi” hozir Turkmaniston navbat O‘zbekistongami?

Bugun bir materialga ko‘zim tushdi. “Turkmaniston rasmiylari bir jinsli munosabatlarni dekriminallashtirish masalasini o‘rganishga vaʼda berishayotgan ekan.

Hukumat Jinoyat kodeksining 135-moddasi gomoseksual munosabatlar uchun jazoni nazarda tutadigan 1-qismini dekriminallashtirish masalasini o‘rganishga qaror qildi.

Turkmanistonning BMTning Inson huquqlari qo‘mitasiga bergan hisoboti mualliflari parlament Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini tayyorlamoqda.

135-moddada voyaga yetgan erkaklar o‘rtasidagi ixtiyoriy munosabatlar nazarda tutilgan (Turkmanistonda ayollarning gomoseksualligi javobgarlikka tortilmaydi). Buning uchun 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan.

Bugungi kunda gomoseksualizmni qonuniylashtirgan ko‘pchilik musulmon davlatlari orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek Ozarbayjon va Turkiya bor.

Barcha postsovet mamlakatlaridan faqat O‘zbekiston va Turkmanistonda bir jinsli munosabatlar uchun jinoiy modda mavjud.

O‘zbekistonda voyaga yetgan erkaklar o‘rtasidagi ixtiyoriy jinsiy aloqalar uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi. (respublika Jinoyat kodeksining 120-moddasi).”

deb tugatilgan maqola hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida shu manbaa savolnoma o‘tkazgan “Sizningcha, O‘zbekiston ham dekriminallashtirish masalasini ko‘taradimi yoki respublikada bu masala doimo yopiq bo‘ladimi?”

P.S. Overton oynasi haqida hech eshitganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, u qanday ishlashini tasavvur qilayapsizmi? Bu har qanday g‘oyani qonuniylashtirishga yordam beradigan eng kuchli ijtimoiy vositalardan biridir. Shunday qilib Sizga, ozroq bo‘lsada har qanday eng tuban istaklarni ham jamoatchilik ichiga olib kerish yo‘llari bilan shug‘ullanuvchilarning “tizimini” ko‘rsatib bermoqchimiz.

Jamiyat taraqqiyoti asta-sekin va tabiiy ravishda o‘zgarib turadi va insonning axloqiy tarkibiy qismini tartibga soluvchi qoidalar sodir bo‘ladi, deb ishoniladi. Shunday qilib, barcha “jamiyatning tabiiy rivojlanishi” Jozef Overton tomonidan tavsiflangan va har qanday masalaga jamoatchilik munosabatini o‘zgartirishga imkon beradigan maxsus algoritmga aylantirilgan.

Sizningcha, gomoseksualizm, bir jinsli nikoh va maktablarda jinsiy tarbiya jamiyatning shunchaki rivojlanishidir? Ushbu maqoladan so‘ng, ushbu masalani tushunishingiz o‘zgaradi. Ammo bu hali ham xamir uchidan patir.

Endi jamiyat pedofiliya, yaqin qarindoshlar va bolalar efanaziyasini faol muhokama qila boshladi (ilmiy nuqtai nazardan). Bu ham qonuniylashtiriladimi? Bu aqlga sig‘maydigan narsa! Odamlar bunga rozi bo‘lishmaydi … Overton oynasi “beg‘ubor” ishlaydi va hech qachon ishlamay qolmagan.

Ehtimol, shuning uchun ham ushbu texnologiya haqida jar solinmas…

Keling, jamoatchilik ongida kannibalizm turmush tarzidagi oddiy norma ekanligini singdirishimiz kerak deb taxmin qilaylik.

*Ilk qadam jamoatchilik oldiga nima bo‘lsada shu tushuncha argessiv tarzda olib kiriladi, naqadar yomonligi va mumkin emasligi tushuntiraladi. (jamoatchilikdan tushuncha paydo bo‘ladi shunday odamlar borligi bildiriladi)

*1-qadam nima uchun mumkin emas, balki tarixga bir nazar solarmiz ular qachondan nima uchun paydo bo‘lgan degan savollar bilan ularni oqlash bosqichi boshlanadi.

*2-qadam (hozirgidek yuqoridagi materialni nazarda tutuyapmiz) OAV orqali ular haqida tinimsiz yoritamiz va aholiga ko‘proq ularning kelib chiqishi tabiiy muhit bilan bog‘liqligini tushuntirish “ishlari” olib boriladi. Turli tadbirlar o‘tkaziladi va unda bu “ish” bilan shug‘ullanish har kimning o‘zining istagi bilan bog‘liqligi ko‘tariladi.

*3-qadam endi yana-da tezlashtiramiz mashhur shaxslarni va jamoatchilik ongida ijobiy taassurotlar qoldirgan sanʼat asarlariga ozroq o‘zgartirishlar kiritamiz. Aytaylik, “Otello”ni zamonaviylashtiramiz va namoyish yakunida Otello Dezdemonani yeydi, yoki bo‘lmasa, “Mona Liza” Leonardo da Vinchi yegani uchun tarixda qola oldi degan “qarashlar” o‘ylab topiladi va ommalashtiriladi. (umuman olganda hozirgi paytdagi transgenderlik tushunchasi huddu shu yo‘llar bilan olib kirilgan).

*4-qadam mana asosiy va qaytmas yo‘l bu kannibalizmni qonuniylashtirish qoldi va bu yo‘ldagi asosiy qadam tashlanadi. Aslida shuncha yo‘l bosib o‘tilgandan so‘ng mazkur qadamni bosish ham shart emas fizika qonunlariga ko‘ra yer tortish kuchi bilan enersiya o‘z-o‘zidan amalga oshadi.

Xulosa o‘rnida: bizga qardosh qo‘shnilarimiz tomonidan “Bugungi kunda gomoseksualizmni qonuniylashtirgan ko‘pchilik musulmon davlatlari orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, shuningdek Ozarbayjon va Turkiya bor.” Maqoladan parcha. Bir biz qolib ketibmiz! Mana asosiysi tushuncha kirib keldi endi jamoatchilik orasida so‘rovlar o‘tkazish boshlandi.

Balki, aholi orasida mana shunday transgenterlar va turli “guruh”lar manfaatlariga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan lavhalar tayyorlab internet orqali tarqatishni oz bo‘lsada nazarotini kuchaytirarmiz. Mazkur yo‘nalishda tahririyatimiz ham boshqa material tayyorlamaydi. Tayyorlangan material ham manfaatdor “guruh”larning ishlash tizimini ko‘rsatib berish maqsadida eʼtiboringizga havola etildi.