Zaxarova: barcha “rangli inqilob” aksiyalari ortida AQSh turadi

Zaxarova AQSh qo‘llanmalariga binoan Navalniy tarafdorlarining aksiyasi tayyorlayotganligini eʼlon qildi.

“Aytingchi, ilgari baʼzi “tadbirlarni” tayyorlash boshqa mamlakatlar hududida, masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa NATO tuzilmalari hududida qanday amalga oshirilayotgani bilan qiziqqanmisiz? Bu aksiyalarda turli xil yo‘llar bilan gullar, lentalar eʼtiborni tortadi. Qarang, juda mashhur ranglar oldindan targ‘ib qilinadi, ramzlar, heshteglar aylantiriladi. Qanday qilib atirgullar bilan Gruziya parlamentiga kirganlarini unutmadingizmi? Tashqi tomondan agarda oldindan qanday yakun topishini bilmaganimizda edi, bularning bari  juda kulgili ko‘ringan bo‘lar edi ”, – dedi tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Exo Moskva” radiokanali efiridagi intervyusida.

U Ukrainada “to‘q sariq” Maydan bo‘lganini esladi va “Arab bahori” voqealarini – “butun mintaqada boshlangan ommaviy namoyishlarni boshlab berdi, bu qator hukumatlar o‘zgarishiga va mamlakatlardagi siyosiy inqirozlarga olib keldi”- deb aytdi

Zaxarova bu voqealar va 14 fevralda Navalniy tarafdorlari tomonidan bo‘lib o‘tadigan mitinglar ortida “AQShning qo‘li ” bormi yoki yo‘qmi degan savolga javob berib, – “Biz uni nafaqat (AQSh qo‘li) ko‘rayapmiz, balki shundayligini bilamiz. Yashiradigan va ixtiro qiladigan narsa yo‘q. Shubhasiz, siz tez-tez gapiradigan o‘quv qo‘llanmalariga binoan klassik ish davom etmoqda. Ehtimol kimdir uchun kulgili. Masalan, men hech qanday kulgili narsani ko‘rmayapman “, – deya qo‘shimcha qildi.