Markaziy Osiyo: iqtisodiy kollaps

Iqtisodiy kollaps: pul o‘tkazmalari Markaziy Osiyo mamlakatlarining raqobatdosh ustunligini susaytiradi. Mehnat migratsiyasi millionlab odamlarni qashshoqlikdan xalos qilmoqda. Ammo, bu xalos etishlik Markaziy Osiyoda ish o‘rinlari yaratilishiga xalaqit beradigan to‘siq doirasini shakllantirmoqda.

Qirg‘iziston va Tojikiston Rossiyadan pul o‘tkazmalariga bog‘liq bo‘lgan yetakchi top-3 mamlakat qatoriga kiradi. Ushbu o‘tkazmalar hajmi mamlakatlar YAIMning uchdan bir qismiga teng. Armaniston, Gruziya va O‘zbekiston ham bu ko‘rsatkichlardan uzoq emas.

($) Milyardlab pul o‘tkazmalari shunday vaziyat yaratishi mumkinki, mehnat muhojirlari hech qachon uylariga qaytishni istamay qolishadi.

Jahon bankining yanvar oyidagi hisobotida taʼkidlanishicha, pul o‘tkazmalariga bog‘liqlik mintaqadagi mamlakatlarni raqobatdoshlik xolatini yo‘q qilib yubormoqda. “Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni kirib kelishini kamaytirmoqda, bu esa o‘z navbatida yangi ish o‘rinlari yaratilishiga monelik qilmoqda.”

Odamlar ommaviy ravishda ishlash uchun chet elga ketganlari oqibatida, ish beruvchilarga ishchilar topish qiyinroq kechadi. Bu esa ish haqining oshishiga olib keladi.

Qirg‘iz somi yoki arman dramasi kabi mahalliy valyutalarda ish haqining oshishi bilan pul o‘tkazmalari o‘zlarining milliy valyutalarining kursini ko‘tarib yuboradi mamlakatga kirib kelayotgan pullar unga talabni rag‘batlantirib, mahalliy valyuta esa sotib olishga sarflanadi.

Valyuta kursining ko‘tarilishi, ishchi kuchi narxining ko‘tarilishi bilan birga, ish haqining dollarda oshishiga olib keladi.

Arzon ishchi kuchi raqobatdosh ustunlikdir. Ammo pul o‘tkazmalariga bog‘liq bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarida bu ustunlik tezda pasayib, sarmoyalar oqimiga to‘sqinlik qilmoqda.

Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga eʼtiboringizni qarating. Ishlamaydi. Talab qilinadigan xizmatlarni ko‘rsatish uchun yuqori malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Buning uchun siz inson kapitali va kasb-hunar taʼlimiga mablag‘ kiritishingiz kerak. Biroq, mintaqa mamlakatlarida bu jarayon amalga oshirilmayapti.

Masalan, Qirg‘iziston va Tojikiston 30 yillik mustaqillik davrida hali ham postsovet davridagi eng qashshoq mamlakatlar xisoblanadi. Respublikalarda taʼlim tizimlari korrupsiya botqog‘iga botgan va unga yetarlicha eʼtibor berilmagani sababli tanazzulga yuz tutdi.

Ular o‘z ishchilarini chet elga jo‘natishda davom etishga mahkummi?