O‘zbekiston mehmondo‘stmi? yoki…

Mamlakatimizda so‘ngi 20 yil davomida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi, shu vaqtning o‘zida bu islohotlarni amalga oshirgan insonlar ham o‘zgarib bordi. Qiziq holat, lekin shu davr ichida O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni ko‘chib kelganlardan sonidan ko‘p.

Diqqat qiling, O‘zbekiston hududiga chetdan ko‘chib kelganlar va mamlakatimizdan ko‘chib ketganlar ko‘rsatkichlari:

2020 yil mobaynidan O‘zbekiston hududidan ko‘chib ketganlar soni 203 703 nafarni tashkil etgan bunda hududlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, eng ko‘p ketganlar soni Qashqadaryodan, 31 660 kishini (bu karantin davrida! Qanday qilib degan savol tug‘iladi?), eng kam ketganlar esa Toshkent shahridan 6 108 kishini tashkil etgan. 20 yil mobaynida eng  katta ko‘rsatkich 2005 yilda qayd etilgan bo‘lib (!) 246 386 nafarni tashkil qilgan. U vaqtda eng ko‘p ketganlar Toshkent shahridan 35 898 nafarni, eng kam ko‘rsatkich Namangan viloyatidan 4 916 kishi bo‘lgan.

Ko‘chib kelganlar

O‘zbekiston hududiga ko‘chib kelganlar soni 2020 yilda 191 197 nafar, ulardan 7 7971 nafari Toshkent shahrini asosiy makon tutganlar, eng kam kelganlar soni 3 584 nafar Namangan viloyatiga to‘g‘ri kelgan.

Aslida migratsiyalashuv bu oddiy va tabiiy jarayon xisoblanadi. 20 yillik tahlillar natijasida aytishimiz mumkin, muntazam ravishda yurtimizdan ko‘chib ketuvchilar soni mamlakatimizni vatan qilgan insonlar sonidan deyarli 2 baravar ko‘p!

Taʼkidlash kerak, vatanni bilimli, ilmli, o‘ziga ishongan kadrlar tark etmoqda. Biz mehnat migratsiyasi sababli Rossiya yoki yaqin qo‘shni davlatlarga ketayotgan hamyurtlarimizni hisobga olmadik.