Yevropa Ittifoqi Qozog‘istonga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin

Yevropa Parlamenti Yevropa Ittifoqini Qozog‘istonga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga chaqirmoqda.

Yevropa Parlamenti  inson huquqlari bilan bog‘liq umumiy vaziyatning xavotirli yomonlashuvi, fuqarolik jamiyati tashkilotlariga qarshi repressiyalarga hamda so‘z erkinligi va tinch yig‘ilishlar huquqlarini jiddiy cheklashlarga eʼtibor qaratdi.

Yevropa Parlamenti Qozog‘iston hukumati oppozitsiya tarafdorlari va jurnalistlar, bloggerlar, mustaqil kasaba uyushma aʼzolari, huquq himoyachilari va faollarni taʼqib qilmoqda, muxolifat vakillari esa tushunarsiz sharoitda o‘lib ketmoqda, deb hisoblamoqda.

Hujjatda, shuningdek, mamlakatda jinsiy ozchiliklar vakillari sud muammolari va kamsitishlarga duch kelayotgani ko‘rsatilgan.