Blogger-ayollar erkaklardan besh baravar ko‘proq pul topadi

2020 yilda rossiyaliklar Instagramdagi reklamadan deyarli 6 milliard rubl (81.4 mln dollar) ishlab topdilar.

O‘tgan yili rossiyalik Instagram bloggerlari tomonidan umumiy qiymati 5,8 milliard rublga teng bo‘lgan 204 mingdan ortiq reklama postlari joylashtirilgan. Bu maʼlumotlar ADinBlog tomonidan o‘tkazilgan tadiqiqot xulosalarida keltirilgan.

Barcha reklama byudjetining 79 foizini 500 mingdan ortiq obunachilar auditoriyasi bo‘lgan bloggerlar ishlab topganlar, ammo bu barcha eʼlonlarning 20 foizini tashkil qiladi. Bloggerlarning eng katta guruhi (15 mingdan 50 minggacha obunachiga ega) barcha reklama postlarining 19 foizini joylashtirgan bo‘lishiga qaramasdan reklama byudjetining 1,2 foizinigina olishgan.

Blogger-ayollar erkaklardan besh baravar ko‘proq va har bir akkauntdan ikki baravar ko‘proq pul ishlab topgan. Aniqlanishicha, reklama eʼlon joylashtiruvchi bloggerlarning kamida 29 foizi o‘z akkauntlariga layk bosadi.

“Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, Instagramda reklama uchun sarflangan 5,799 milliard rublning 800 million rubli (13,8%) o‘z postlariga layk bosadigan bloggerlarga to‘langan”, deyiladi tadqiqotda.

P.S. O‘zbekistonda shunday tadqiqotlar o‘tkazilib eʼlon qilinsa yaxshi bo‘lardi. Lekin, birovni pulini sanash odobdan bo‘larmikan…