Turkmanistondagi qiziqarli statistikalar

Prezident Vazirlar Mahkamasining majlisida o‘tgan yil yakunlarini sarhisob qildi.

2020 yil oxirida Turkmanistonning yalpi ichki mahsuloti 5,9 foizga o‘sdi, yangi ish o‘rinlari yaratildi va milliy valyuta kursi barqaror bo‘lib qoldi, dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.

Ehtimol, juda oz sonli davlatlar 2020 yilda iqtisodiy o‘sishi bilan maqtanishlari mumkin. Pandemiya va yopiq chegaralar har bir mamlakatga yaxshigina muammo “yaratib” bergan bir vaqtda bunday ijobiy o‘sishlar quvonarli…

Xo‘sh, Turkmanistonning bunday yuqori ko‘rsatkichlari va butun dunyoda tarqalgan virusning mamlakatga kirib kelmaganligining (rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra) siri nimada?

Bundan tashqari Berdimuhamedov yangi shior “Turkmaniston – tinchlik va ishonch vatani” deya eʼlon qildi.

Shunday qilib, biz sizga faqat ishonishingizni maslahat berishimiz mumkin.

P.S. Negadur shu materialni tayyorlayotganda Jorj Oruellning “Molxona” asari yodimga tushaverdi…