Rossiyaning hududiga “daʼvolar” ko‘paymoqda

Yaponiya Kuril muammosiga qatʼiy ravishda yechim izlashga vaʼda berdi.

“O‘ylaymanki, hukumat hududiy masalani hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishdagi bizning asosiy yo‘nalishimizga muvofiq ravishda qatʼiyat bilan muzokaralar olib borishga erishadi”, dedi Yaponiya Vazirlar Mahkamasining Bosh kotibi Katsunobu Kato.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilning sentyabr oyida, Rossiya Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Prezident Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida 1956 yildagi deklaratsiya – tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shma kelishuv asosida kelishuvni tasdiqlagan.

Qizig‘i shundaki, sobiq bosh vazir Sindzo Abe Putin bilan 27 marta ko‘rishgan va har bir uchrashuvda “shimoliy hududlar” (Yaponiyada Kuril oroli shunday nomlanadi) bo‘yicha alohida suhbatlashgan. AQSh hukumati esa orolning fuqarolarini yaponiyaliklar deb hisoblashini ochiq aytib keladi.

Bundan biroz avval saytimizda Rossiya hududlari sifatida qaralayotgan yerlarga Turkiya tomonidan turli daʼvo qilib chiqayotgan lavhalar kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Rossiyaning sobiq ittifoq mamlakatlariga nisbatan olib borayotgan siyosati uning o‘ziga qarshi qo‘llanilishi boshlanmoqdami?