O‘zbekiston: Pekin yordamida mintaqadagi asosiy integratsion kuchga aylanishi mumkin

O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi Xitoyning “kovid diplomatiyasi” uchun eshik ochgan yagona davlatdir. Xitoy bilan iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejaning muhim qismidir.

O‘zbekiston Qozog‘istonni ortda qoldirib, Pekin yordamida mintaqadagi asosiy integratsion kuchga aylanishi mumkin.

Birinchidan, inson kapitali. 33,5 millionga yaqin aholisi bo‘lgan O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng zich joylashgan mamlakatdir. Poytaxt – Toshkent mehnatga layoqatli yoshdagi yoshlar ulushi va ish haqi bo‘yicha mintaqadagi boshqa mamlakatlardan oldinda.

Ikkinchidan, xitoylik investorlar uchun respublikaning ishlab chiqarish sohasida ish haqining pastligi ularning yana-da qiziqishaga sabab.

Uchinchidan, aholining Xitoy sarmoyalariga munosabati. Tadqiqot natijalariga ko‘ra , O‘zbekiston boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan taqqoslaganda, Xitoydan kirib kelayotgan investitsiyalarga ishonch bilan qarashadi.

So‘rovda qatnashgan o‘zbekistonliklarning 76 foizi Xitoy sarmoyalarining ish o‘rinlari yaratishiga ishonishini aytgan. Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkich 24 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari, hozirgi iqtisodiy sharoitda O‘zbekiston Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikda Qozog‘istonga qaraganda katta mavqega ega, chunki, Qozog‘istonning eksport savati ancha ibtidoiy.

Diversifikatsiya qilish bo‘yicha saʼy-harakatlarga qaramay, Qozog‘istonda ishlab chiqarish o‘zgarishsiz qolmoqda. Maʼlumki, Qozog‘iston yuqori rentabellikdagi va o‘rtacha rentabellikdagi mamlakatlar resurslari rentasiga bog‘lanib qolgan. Natijada eksport raqobatbardoshligi pasayib, respublika xomashyo eksporti bilan cheklanib qoldi.

Ayni paytda, O‘zbekistonda avtosanoatni tiklash imkoniyati mavjud.

P.S. bugun rus sigmentidagi ijtimoiy tarmoqlarda mana shunday optimist qarashlardan iborat material eʼlon qilindi. Rostdan ham shu “avtosanoati”miz isloh bo‘lib qayta tiklansin.