Shimoliy Koreyaga media mahsulotlar olib kirgan fuqaroga o‘lim jazosi qo‘llanishi mumkin

Shimoliy Koreyada mamlakat hududiga Janubiy Koreyaning filmlari va musiqalarini olib kirish va tarqatish uchun jazo kuchaytirildi.

KXDR fuqarolari mamlakatga taʼqiqlangan tovarlarni olib kirishsa ularga o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin, bu haqda Milliy razvedka xizmatining yopiq brifing natijalaridan so‘ng Janubiy Koreya deputati Xa Txe Gen Renxap agentligiga aytgan.

Agentlikning taʼkidlashicha, Shimoliy Koreya maʼmuriyati KXDR jamiyatidagi anti-sotsialistik va boshqa “dushmanlik” hodisalariga qarshi kurashni kuchaytirish doirasida bunday choralarni joriy qilishi mumkin.

Yaqinda mamlakatda reaksion g‘oyalar va madaniyatga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi.