Tojikiston Xitoyga norozilik notasi yo‘lladi

Nima sababdan? Avval voqealar rivojini kuzatamiz: “1990 yillarda qo‘shni Tojikiston fuqarolar urushi ostida qoldi, shuning uchun tojiklar boshqa davlatlar bilan hududiy masalalarni keyinroqqa qoldirdilar. Ehtimol shuning uchun ham Dushanbe Qirg‘iziston va Qozog‘istonga qaraganda ancha katta yer uchastkalaridan voz kechgandur.”

2011 yilda, Tojikiston o‘z hududining bir qismini tantanali ravishda (!) Xitoyga o‘tkazib berdi. Tojikistonning umumiy hududining 0,77 foizini yaʼni 1,1 ming kvadrat km.ni demakdir.

Tojikistonliklarning bu saxovati ko‘plab omillarga, jumladan hukumat Pekinga katta miqdorda qarzdor bo‘lishidan tashqari,  Tojikiston yo‘llar, issiqlik elektr stansiyalari va boshqa infratuzilmalarni qurish uchun Xitoydan ko‘plab miqdorda kreditlar olgan. Iqtisodi rivojlanmagan mamlakatda to‘lashga hech narsa yo‘q. Natijada Yuqori Qumarig‘ oltin koni Xitoy kompaniyalariga o‘zlashtirish uchun berildi. Bundan oldin xitoyliklar o‘zlashtirish uchun Tojikistonda boshqa oltin, kumush va ko‘mir konlarini ham olgan edi.

Xitoyning qarz berish usulini hozirda barcha mamlakatlar hukumati yaxshi biladi. Tez va muammosiz katta miqdorda olinayotgan qarzlarni o‘z vaqtida qoplash va qaytarish juda qiyin masala shuning uchun tabiiy resurslar yoki uzoq muddatli yerga egalik qilish huquqini berish evaziga qoplanadigan bu kreditlarga tushib qolmaslik kerak. Xitoy hukumati hozirgi zamonda chegaralarni kengaytirish uchun kelishuvlar yoki muzokaralar  orqali emas, qarz berish orqali yengilgina usulda o‘zlashtirib borayotgani to‘g‘risida avvalgi materiallarda yoritilgan edi.

Bundan birozdan so‘ng yana bir shu mavzuga doir maqola eʼlon qilingan va unda: Hududiy daʼvolar davom etmoqda. Xitoy “Tojikiston doim bizning bir qismimiz bo‘lgan” mavzusiga qaytdi.

Yil boshidan Xitoy ommaviy axborot vositalari Tojikistonga hududiy daʼvolar bilan murojaat qildilar. 2 hafta ichida 4 ta maqola chop etildi. Shu bilan birga, davlat ommaviy axborot vositalari XXR va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga oid yangi kitob nashr etilganligini eʼlon qildi.

Tarixiy mavzulardagi materiallarni nashr etuvchi “Gul – tarixning aksi” axborot portali 3 yanvar kungi “9,28 million aholiga ega Tojikistonni kelib chiqishi qayerda? maqolasida respublika doim Xitoyning bir qismi bo‘lgan” deb daʼvo qilmoqda. Maqola muallifi nomaʼlum.

Maqolada, o‘quvchilarga hech qanday tarixiy hujjatni ko‘rsatmasdan, nafaqat Tojikiston, balki butun Markaziy Osiyo hududi Xitoyga tegishli bo‘lgan degan fikr sizdirilgan.

Shu vaqtning o‘zida, China Daily Global XXR va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi kitob nashr etilganligi haqida xabar berib, ushbu do‘stlik tarixi ming yildan oshganligini taʼkidlagan.

Markaziy Osiyodagi mamlakatlar orasida Tojikiston Xitoy bilan eng ko‘p kelishadigan davlat bo‘lib chiqdi. Respublika XXRga eng katta imtiyoz sifatida 1,1 ming kv.km yerni ajratib berganligi to‘g‘risida maʼlumot keltirilgan.

Oxir oqibat rasmiy Dushanbe Xitoy matbuotida chop etilgan bu kabi maqolalarga o‘z noroziligini bildirgan va Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi maqolalarni “provokatsiya” deb baholab, Dushanbe Xitoyga norozilik notasi yo‘lladi. Xitoy hukumati esa rasman bu voqeaga munosabat bildirmagan.