Yaponiyalik olimlar qarishni to‘xtatish bo‘yicha tayyorlagan prototip dori klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda

Yaponiya olimlari “RIA Novosti”ga qarishni to‘xtatish va tanani yoshartirish yo‘llarini aniqlaganlari va prototip dori allaqachon klinik sinovlardan o‘tkazilayotganini aytgan.

Organizmdagi “qarish” hujayralaridan xalos bo‘lishga va yoshga bog‘liq kasalliklarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan dori 5-10 yil ichida keng qo‘llanilishi mumkin, dedi Tokio tibbiyot ilmiy-tadqiqot universiteti professori Nakanishi. Agar hamma sinovlar rejadagidek o‘tsa, unda odamlar 100 yilgacha sog‘lom bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.