Clubhouse: firibgarlar qurboniga aylanib qolmang

“Rossiyada aksariyat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Clubhouse qanday ishlashini tushunmaydilar va buning oqibatida firibgarlarning qurboniga aylanishmoqda” deb xabar berilmoqda.

Misol tariqasida, foydalanuvchilar  “Avito” va “Yula” takliflarni sotishni boshlagan, ularning narxi 200 rubldan 10 ming rublgacha bo‘lgan. Bunday faoliyatga taklifnoma egalarining pul ishlash istagi sabab bo‘lishi mumkin, ammo, bu jarayonga firibgarlar aralashgan. (firibgarlik qanday tarzda amalga oshirilgani ochiqlanmagan)

“Yula” Clubhouse bilan bog‘liq qidiruv so‘rovlari haddan ziyod ko‘p bo‘lganini tasdiqlagan, ammo hanuzgacha firibgarliklar to‘g‘risida aniq bir maʼlumot kelib tushmagan va shikoyat qayd etilmagan. Avito esa taklifnomalarni sotish uchun eʼlonlarni taqiqlab qo‘ygan – sayt foydalanuvchilarni aldanishini xohlamasligini aytgan.

Yana bir yo‘li bu ekpertlarning tahminlariga ko‘ra: «ОС Android uchun Clubhousega klonlar va taklifnomalar allaqachon paydo bo‘lgan. Bu qiziqish ortib borayotgani ortidan jinoyatchilarning hiyla-nayranglari boshlanishining birinchi belgisidir. Smartfoningizga norasmiy dasturni yuklab olish va ishga tushirish orqali siz unga qurilmaga to‘liq kirish huquqini berishingiz mumkin. Siz o‘zingizning bloknotingizga, kameraga, mikrofonga va geolokatsiyaga, fayl tizimiga kirishni uchinchi shaxslarga ochasiz. Hujumchi sizning istalgan ijtimoiy profillaringizni, bank mijozlaringizni, tezkor messenjerlaringizni ochishi mumkin bo‘ladi »- deyilmoqda.

Talab bor bo‘lgan joyda doim taklif bo‘ladi.

Bizda Clubhouse bilan bog‘liq tendetsiya qanday ketayapti? Izohlarda qoldirishingizni so‘raymiz.