AQSh Pekin bilan global kurashda yangi “yumshoq kuch” strategiyasini qo‘llashni rejalashtirmoqda

AQSh USAIDni Xitoyga qarshi kurashga tayyorlamoqda.

Jozef Bayden maʼmuriyatining kun tartibida COVID-19 “pandemiya” inqirozi va iqlim o‘zgarishi bilan kurash birinchi galdagi vazifadir. Ushbu qiyinchiliklar ichki va xalqaro ahamiyatga ega, deydi barqaror rivojlanish markazining tadqiqotchisi Jorj Ingram.

“AQShning global taraqqiyotga qo‘shgan hissasini oshirish uchun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakolat va salohiyatini kuchaytirishi zarur. Ushbu agentlikka doimiy tarzda milliy xavfsizlik konsepsiyasida nazarda tutadigan muhim joy berilishi kerak. Bundan tashqari, USAID maʼmuriyatning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiruvchi стратегия va siyosatni qabul qilishi, agentlikka tegishli dasturlar va masʼuliyatlar yuklanishi va uning kadrlar tizimini qayta ko‘rib chiqishi kerak», – deb yozmoqda эксперт Brookings Institution veb-saytida eʼlon qilingan hisobotda.

Amerikalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, USAIDning yangi rahbariyati tomonidan hal qilinishi kerak bo‘lgan eng qiyin vazifa – bu Xitoy bilan hokimiyat uchun global kurashda agentlikning rolini aniqlashdir. “USAIDning ishdan ketayotgan rahbariyati  turli dasturlarda yangiliklarni amalga oshirishga intildi, rivojlanayotgan mamlakatlarga biz bilan yoki Xitoy bilan ishlashni taklif qildi, ammo tanlov Pekin foydasiga amalga oshirilganda, biz o‘yindan chiqamiz”.

“Darhaqiqat, AQSh va USAID Xitoy bilan hamkorlik olib borayotganda siyosiy chegaralarni belgilab olishi kerak. Bu qanday amalga oshiriladi. Agentlik, iloji boricha, Xitoy bilan iqlim o‘zgarishi va gumanitar muammolarni xal etishda hamkorlik qilib, rivojlanayotgan mamlakatlarga grantlar ajratilayotgan yo‘nalishlarda esa, ayniqsa, shaffoflik, mahalliylashtirish va tashkilotlar uchun tenglik yaratilishidagi loyihalarda Xitoy taklif etayotgan loyiha grantlariga alternativa taklif qilishi kerak.”, degan takliflar bildirilmoqda.

P.S. Bunday takliflardan kelib chiqib quyidagilarni tahmin qilish mumkin:

Xitoyning Markaziy Osiyo uchun taklif etayotgan “bonus” grantlari yana-da ortishi va buning oqibatida USAID tomonidan taklif etilishi rejalashtirilgan dasturlarga alohida punkt kiritilib boshqa tomonlar takliflarida ishtirok etilmaslik kiritiladi.

USAID fuqarolik jamiyati bilan maslahatlashish orqali iqlim o‘zgarishini yumshatish va moslashishga qaratilgan umummilliy rivojlanish strategiyasini boshqarishi kerak.

USAID AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Prezident Jon Kennedi tomonidan 1961 yilda yaratilgan. Tashkilot AQShning tashqi yordami bilan ikkita maqsadni ko‘zlaydi, bu rivojlanayotgan mamlakatlarda hayotni yaxshilash bilan birga Америка manfaatlarini himoya qilishdir.