Tojikiston kimga va qancha qarzdor?

Mamlakat hukumati 2021 yilda tashqi qarzni oshirishga va mamlakat tashqi kreditorlaridan qarz so‘rashga qaror qildi. Bu hozirda tashqi qarz darajasi 3,1 milliard dollarni (YAIMning 36,9%) tashkil etishi va aholi jon boshiga 294 dollarga teng bo‘lishiga qaramasdan qo‘yilgan qadamdir.

Hukumatning aytishicha, qarzlarsiz Tojikistonda iqtisodiyotning ayrim sohalarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish imkoniyati yo‘q.

2020 yilda olingan kreditlar hisobiga Tojikistonning tashqi qarzi 238 million dollarga ko‘paygan.

Agar o‘tgan yilning 1 yanvarida tashqi qarz 2 milliard 925,3 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yil oktyabrga kelib u 3 milliard 163,18 dollarga yetdi.

Davlat qarzi 2020 yil oktyabr oyida 3,7 milliard dollarni tashkil etgan. Tojikiston davlat qarzining 80 foizi tashqi qarz, qolgan qismi ichki qarzlardan iborat.

So‘nggi 12 yil ichida respublikaning eng yirik kredit beruvchisi Xitoy eksport-import banki (Eksimbank) bo‘lib qolmoqda.

1997 yilga qadar Rossiya va O‘zbekiston mamlakatning asosiy kreditorlari hisoblanar edi, ularning Tojikiston tashqi qarzdagi ulushi mos ravishda 52 va 31 foizni tashkil etgan.

2007 yilda eng yirik qarz beruvchi sifatida Jahon banki qayd etildi.Uning mamlakat tashqi qarzidagi ulushi 346 million dollarni tashkil etdi.

Ammo bir yil o‘tib, 2008 yil yakunlari bo‘yicha Xitoy Tojikistonning barcha kreditorlaridan o‘zib ketdi va uni tashqi qo‘shni mamlakat qarzdagi ulushi deyarli 500 million dollarni tashkil etdi.

Eng qizig‘i, odatda Tojikiston qanday shartlar asosida kredit olayotgani haqida gapirilmaydi yoki maʼlumotlar juda kam.

Maʼlumki, qarz beruvchi qarz berishdan oldin qarz oluvchining moliyaviy qobiliyati va uning qancha miqdorda qarzni to‘lashi mumkinligini tahlil qiladi. Ammo bundan tashqari, rivojlanish bo‘yicha sheriklar mamlakatda islohotlarni talab qilishlari mumkin.

XXR berilgan kreditlar, ularning foiz stavkalari va shartlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaydi. Ammo Xitoyning o‘z biznes manfaatlari bor. Imtiyozli kreditlarning asosiy sharti xitoylik kompaniyalarning moliyalashtiriladigan loyihalarda ishtirok etishidir.