Lotin alifbosiga o‘tish Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashi mumkin

Anadolu Ajansı: kirill alifbosidan 100% rad etilgandan so‘ng Nur-Sultonning Anqara va boshqa turkiyzabon davlatlar bilan aloqasi yangi bosqichga ko‘tariladi.

Qozog‘istonda lotin alifbosiga o‘tish 2017 yilda boshlangan bo‘lib, 2023 yilda to‘liq o‘tilishi rejalashtirilgan.

Qozog‘iston milliy alifbeni shakllantirishda turkiyzabon davlatlarning tajribasini inobatga oldi va ular komissiya aʼzoligiga 3000 ga yaqin mutaxassislarni jalb etdi. Alfavit ustida Turkiya, Tatariston, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qirg‘iziston tilshunoslari ish olib bordi.

“Bizning madaniy merosimiz yo‘qolishi mumkin degan xavotirlar bildirilmoqda. Ammo ХХИ asrning texnologik imkoniyatlari bilan bunday tahminlar noto‘g‘ri. Mamlakatning kirill yozuvidan lotin yozuviga o‘tishi ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham siyosiy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega”. – dedi milliy komissiya aʼzolaridan biri.

Sizningcha, yangi qozoq alifbosi qardosh turkiy davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydimi? yoki…

P.S. Turkiya Markaziy Osiyodagi lotin alifbosiga o‘tish jarayonlariga “yumshoq kuch” strategiyasi sifatida qaramoqda(mi?).