16 million yamanlik oziq-ovqat inqiroziga uchragan

Yamanda ocharchilikdan aziyat chekayotgan besh yoshgacha bo’lgan bolalarning soni 400 mingga yaqinlashmoqda. Bu haqda  BMTning gumanitar masalalar va favqulodda yordam bo’yicha rasmiysi Mark Loukok ma’lum qildi. BMTga ko’ra, hozirda 16 million yamanlik oziq-ovqat inqiroziga uchragan.

Oʻzi shundoq ham uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan urushdan sillasi qurigan Yaman xalqi pandemiya davrida yana ham jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. Bular qatoriga koronavirus tufayli cheklovlar, chetdan keladigan pul oʻtkazmalarining qisqarishi, xorij davlatlarining yordamining kamayishi kabilar kiradi.