Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistondagi “mustaqil ommaviy axborot vositalarini” moliyalashtirmoqchi

Davlat departamenti O‘zbekistondagi “fuqarolik jamiyati salohiyatini” mustahkamlash dasturi uchun mablag‘ ajratmoqchi.

Vashington potensial pudratchilarga mahalliy ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, inson huquqlarini targ‘ib qilish va O‘zbekiston fuqarolari uchun “iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish”ni taklif qilmoqda.

Buning uchun grantlar ajratiladi – 10 mingdan 50 ming dollargacha. Ularning umumiy soni ochiqlanmagan.

P.S. odatda mahalliy jamoatchilik fikrini shakllantiradigan “vositalar” uchun chetdan grantlar jalb qilinishi va uni qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘ri emas! Bu “vositalar”ni o‘zimiz moliyalashtirganimiz yoki kerakli darajada ko‘mak ko‘rsatganimiz maʼqul.