Markaziy Osiyo mamlakatlari koronavirus qurbonlari sonini katta miqdorda kamaytirmoqda

Bir qarashda mintaqadagi hayot o‘z holiga qaytmoqda. Niqoblar ham kam taqilmoqda. Ijtimoiy masofa esa umuman unutilgan. (aslida hech qachon amal qilinmagan)

Rasmiy statistika hayot normallashganligini ko‘rsatmoqda. Biroq, Isroil Universitetidan Ariyel Karlinski va Tubingen Universitetidan Dmitriy Kobak bu maʼlumotni rad etishmoqda. Ular 77 davlatning mavjud rasmiy maʼlumotlariga asoslanib – “Dunyo o‘limining maʼlumotlar to‘plami” bazasini yaratdilar.

Turli mamlakatlardagi yuqumli kasalliklar va o‘lim to‘g‘risidagi maʼlumotlarini hisobga olgan xolda 5 yil ichida har bir mamlakatda o‘limlarning umumiy soni bo‘yicha maʼlumotlarni to‘pladi. Keyin ular har bir mamlakatda 2015-2019 yillarda o‘rtacha o‘lim sonini hisoblab chiqdilar.

Ushbu maʼlumotlarni asos qilib olib, tadqiqot mualliflari 2020 yilda Peru va boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘lim ko‘rsatkichi 100 ming kishiga nisbatan eng yuqori nisbiy o‘sishni boshdan kechirganligini ko‘rsatgan. Lotin Amerika mamlakatlaridan keyin Qozog‘iston (o‘lim kutilganidan 22% ko‘proq), Qirg‘iziston (19%), Rossiya (15%).

Rasmiy ravishda eʼlon qilingan “COVID-19” dan o‘lganlar sonini ham o‘rganib chiqdik, maʼlum bo‘ldiki, sobiq Sovet davlatlari hisobda eng katta muammolarni boshdan kechirmoqdalar yoki o‘limni aniq sanashni istamaganlar. Barcha 77 davlatlar orasida O‘zbekiston yetakchi o‘rinni egallaydi.

Eng yuqori baholash O‘zbekistonda (30 marta), Qozog‘istonda (12 marta), Belorusiyada (15), Misrda (13) va Rossiyada (6,7) qayd etilgan. Bunday katta koeffitsiyentlar Kovid tomonidan ataylab noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan yoki kam o‘lim ko‘rsatkichini ko‘rsatmoqda.

P.S. “Muhrim” kanali asoschisi Muhrim Aʼzamxo‘jayev bu ko‘rsatkich haqida bir necha bor postlar tayyorlagan edi.