Kanada Xitoyda uyg‘urlarning genotsidini rasman tan oldi

Kanada parlamenti Xitoyning uyg‘ur musulmonlarga nisbatan siyosatini genotsid deb belgilaydigan qonunni maʼqulladi, deb xabar bermoqda @Voice_of_Turkey. 266 nafar deputat genotsidni tan olish uchun ovoz bergan, qarshilar bo‘lmagan.

Liberal kabinetning qarshiliklariga qaramay, qonun muxolifatdagi Konservativ partiya tomonidan qabul qilingan. Hukmron Liberal partiyadan 72 nafar deputat ovoz bermadi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ular ovoz berishda betaraf qolganlarini aytdi.

Genotsid davom etadigan taqdirda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasini 2022 yilgi Olimpiadani Xitoydan ko‘chirishga chaqiruvchi tuzatish ham 229 ovoz bilan qabul qilindi, 29 ovoz esa qarshi bo‘lgan.

Reutersning xabar berishicha, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi qarorni rad etishini maʼlum qilgan.