Yevropa ittifoqi sanksiyalari Putinni qutqarishi mumkin

Yevropa ittifoqining xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi direktori Mark Leonardning fikri ko‘ra: Yevropa Ittifoqi tomonidan Kremlga qarshi sanksiyalarni qo‘llanishi Prezident Vladimir Putinga kerak bo‘lgan tashqi dushmanni yaratadi. Bu o‘z o‘zidan mamlakat axolisini ichki muammolardan chalg‘itish uchun qo‘l keladi.

“Vladimir Putin uzoq vaqt davomida hokimiyat tepasida va Rossiya jamiyati ustidan nazoratni yo‘qotmoqda. Natijada Rossiya iqtisodiy va siyosiy tanazzul davriga kirmoqda. Mamlakat aholisi keksaymoqda, o‘rta sinfning real daromadlari esa pasaymoqda. Putin iqtisodiyotni diversifikatsiya qila olmadi va yaqin o‘n yillikda esa uglevodorodlarga bo‘lgan global talab pasayadi”, – demoqda Leonard.