Tojikistonda bloggerlar uchun soliq joriy qilindi

Tojikiston Soliq qo‘mitasi mamlakatdagi bloggerlarning soliqqa tortilishi to‘g‘risida maʼlumot berdi.

“Tojikistonda bloggerlik endi soliqqa tortiladi”, dedi hukumat huzuridagi Soliq qo‘mitasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shamsullo Kabirzoda yakuniy matbuot anjumanida.

Kabirzodaning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lim xodimlari Tojikistonda bloggerlar faoliyatini o‘rganib chiqib, ularni soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritish mumkin degan xulosaga kelingan.

“Soliq kodeksining 98-moddasi talablariga binoan jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan barcha faoliyat turlari va har qanday daromad, ularning turi va joyidan qatʼi nazar, soliqqa tortiladi”, dedi u.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, odamlar o‘z kanallarini ochib u yerda g‘oyalar va fikrlarni tarqatish orqali daromad olishmoqda, deya tushuntirdi Soliq qo‘mitasi rahbari.

“Shunday qilib, bloggerlarga soliq solish to‘g‘risida gap ketganda, hech qanday tushunmovchilik bo‘lishi mumkin emas”, deb taʼkidladi u.

Soliqqa tortiladigan 29 ta kanal mavjud bo‘lib, ular 3 – 19 milliongacha obunachilarga ega. Qo‘mita kanal egalarini 1 aprelga qadar soliq organlariga deklaratsiyalarini topshirish zarurligi to‘g‘risida xabar bergan.

“Biz ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirdik. Jismoniy shaxslar uchun oxirgi muddat – 1 aprel”, – deya qo‘shimcha qildi Kabirzoda.

U blogerlar tomonidan olinadigan daromadlar darajasiga aniqlik kiritmadi, ammo agar talab bajarilmasa, Soliq qo‘mitasi zarur choralarni ko‘rishini qo‘shimcha qildi.

P.S. bizda ham bir blogerlarni soliqqa tortish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilgan biroq, blogerlar tomonidan olib borilgan “tushuntirishlardan” so‘ng soliqchilarimiz bu fikrdan qaytishgan edi. Nima ham derdik tojikistonlik “blogerlik” faoliyati bilan shug‘ullanayotgan do‘stlarimiz bo‘sh kelmanglar!