Orol dengizi sayyoramizga qanday taʼsir ko‘rsatganligimizni eslatib turadi

Bir paytlar Orol dengizi yirikligi bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi ko‘l edi, ammo sug‘orish loyihalari sabab ko‘ldan ayrildik.

Buning oqibatida baliq ovlash sanoati yo‘qoldi, ekinlar va inson salomatligiga taʼsir qiluvchi tuz bilan chang paydo bo‘ldi, eng yomoni iqlim o‘zgardi.

Bir necha yil avval barpo etilgan to‘g‘on Shimoliy Orol deb nomlangan ko‘lning kichik qismida suv sathini oshirdi.

 Bizning xatti-harakatlarimiz sayyoramizni qanday o‘zgartirayotgani haqidagi statistika esa bizni chuqur o‘yga soladi.

 Agar kimdir sizga yiliga 18,7 million akr o‘rmonni yo‘qotishimizni yoki bizning okeanlarimiz sanoat inqilobigacha bo‘lgan vaziyatga qaraganda 28 foizga ko‘proq kislotali ekanligini aytsa, bu nimani anglatishini qiyinchilik bilan tasavvur qilsangiz kerak.

Demak, Markaziy Osiyoda, Kaspiy dengizining sharqida, inson tabiat bilan nima qilishi mumkinligi haqida aniq eslatma bor.

 Dengiz bizni tark etmoqda

 O‘tgan asrning 60-yillarida Orol dengizi dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi eng katta suv havzasi bo‘lgan. Bir necha o‘n yillar o‘tgach, u deyarli yo‘q bo‘lib ketdi.

1960 yilda 68000 kvadrat kilometr maydonni qamrab olgan ichki dengiz hozirda havzasini 85 foizini yo‘qotgan va bu inson harakatlari tufayli.

 Tabiyatga qarshi diversiya

 O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida Sovet Ittifoqi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmanistonda qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun Orol dengiziga borib tushadigan suvni yetkazib berish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirdi.

Buning oqibatida bir vaqtlar qurg‘oqchil landshaftlar asosan paxta va sholi fermalariga aylantirildi. Ko‘lga yetib boradigan suv miqdorini pasayib, halokatli oqibatlar paydo bo‘ldi.

 Quriq, sho‘r va samarasiz

 Ko‘l ekologiyasi tubdan o‘zgardi. Suv sho‘rlanib, minerallar konsentratsiyasi oshgani oqibatida o‘g‘it va pestitsidlar ifloslanishga sababchi bo‘ldi.

60-yillarning boshlarida 60 mingga yaqin kishi ishlaydigan baliqchilik sanoati quladi va 1980-yillarga kelib umuman yo‘qoldi.

Shimoliy Oroldan Janubiy Orolga suv oqishini oldini olish uchun 2005 yilda qurilgan “Ko‘k orol” to‘g‘oni baʼzi baliqchilik xo‘jaliklarining tiklanishiga yordam berdi, ammo bu yerda muammolar boshqa.

Mintaqadagi kuchli shamollar ko‘l tubi tarkibidagi tuz va ifloslangan tuproqni ko‘tarib, aholi salomatligi uchun muammolar tug‘dirmoqda. Ushbu sho‘r chang ekin maydonlarida to‘planib, hosilni kamayishiga olib keldi.

Bunday katta miqdordagi suv yo‘qotilishi mintaqa iqlimiga taʼsir ko‘rsatmasdan qolmadi. Qish sovuq, yoz issiq va qurg‘oqroq.

 Nima qilish kerak

 Ko‘lning bir qismini tejashga harakat bo‘ldi. Qozog‘iston tomonida ko‘k-orol to‘g‘oni qurildi, ko‘lning u tomonida suv sathi ko‘tarilganidan Shimoliy Orolga baliq ovi qaytdi.

 Ammo sunʼiy yo‘ldosh rasmlaridan maʼlumki, ko‘lning aksariyati hanuzgacha suvsiz. Bu inson sayyorani tiklashga qaraganda ko‘proq zarar yetkazishini eslatib turadi.