Xitoyda uygʻur musulmonlarini javobgarlikka tortish kuchaygan, jazo muddatlari uzaytirilmoqda

Human Rights Watch tashkilotiga koʻra, Shinjon qamoqxonalarida mahbuslar – “oʻz hayoti bilan yashagan va diniga amal qilgani uchun sudlangan oddiy odamlardir”.

Xitoy rejimi Shinjondagi musulmon ozchiliklar vakillarini sud orqali taʼqib qilishni keskin kuchaytirib, “janjallarda ishtirok etish” va “xorijdagi qarindoshlariga sovgʻalar berish” kabi shubhali ayblovlar bilan uzoq muddatli qamoq jazolarini tayinlagan, deb xabar berdi Human Rights Watch (HRW) tashkiloti chorshanba (24-fevral) kuni.

Bu jinoiy hukmlar bir millionga yaqin uygʻurlar va asosan musulmonlardan iborat boshqa ozchiliklar vakillarining Shinjondagi “siyosiy taʼlim” lagerlarida hibsda saqlanayotgan vaqtda chiqarilgan.

2016-yildan buyon shimoli-gʻarbiy mintaqaning 250 mingdan ortiq aholisi rasmiy ravishda sudlanib, qamoqqa olingan, deb xabar beradi HRW.

Bu holatlar qonuniy boʻlib koʻrinsa-da, Shinjon qamoqxonalaridagi mahbuslarning koʻpchiligi – “oʻz hayoti bilan yashagan va diniga amal qilgani uchun sudlangan oddiy odamlardir”, deyiladi HRW tadqiqotchisi Mayya Vanning bayonotida.

HRWga koʻra, Shinjon mintaqasida jinoyatda ayblab jazoga tortish holatlari 2017-2019-yillar oraligʻida uygʻurlar va asosan musulmonlardan iborat boshqa ozchiliklarga qarshi tazyiqlar vaqtida keskin koʻpaygan.

Shinjon sudlari 2017-yilda qariyb 100 ming ayblanuvchiga hukm oʻqigan, 2016-yilda bu koʻrsatkich 40 mingdan kam boʻlgan, deb xabar beradi tashkilot rasmiy maʼlumotlarga tayanib.

Terrorizmga qarshi kurash nomi bilan “tez va qatʼiy jazo tayinlashi” uchun politsiya, prokuratura va sudlarga bosim oʻtkazilgan, natijada hech qanday qonunbuzarlik sodir etmagan koʻplab odamlar qamoqqa tashlandi, deydi huquqbon guruh.

Terrorizmga qarshi kurash nomi bilan “tez va qatʼiy jazo tayinlashi” uchun politsiya, prokuratura va sudlarga bosim oʻtkazilgan, natijada hech qanday qonunbuzarlik sodir etmagan koʻplab odamlar qamoqqa tashlandi, deydi huquqbon guruh.

2017-yilgacha chiqarilgan hukmlarning taxminan 11 foizida besh yildan ortiq jazo muddat belgilangan. 2017-yilda bu koʻrsatkich 87 foizga koʻtarilgan.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiysi HRW hisobotidagi xulosalarga raddiya berar ekan, tashkilot “doim Xitoy bilan bogʻliq masalalarda noxolis boʻlgan kelgani, koʻpincha Xitoyni yomonotliq qilish uchun yolgʻon bayonotlar tarqatgani va ularning iddaolariga ishonib boʻlmasligini” aytgan.

Orani ochiq qilishni istagan Pekin allaqachon “Gonkong bilan bogʻliq masalalarda nomaqbul yoʻl tutgan odamlar”, jumladan HRW direktori Kennet Rotga nisbatan ham sanktsiyalar joriy qilishga ulgurgan.