Jamal Koshiqchi o‘limi bo‘yicha ayblovlar davom etmoqda

AQSh razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi jurnalist Koshiqchining o‘ldirilishini shaxsan o‘zi maʼqullagan.

Eslatib o‘tamiz, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning taniqli tanqidchisi Jamal Koshiqchi 2018 yilda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsulligi binosida o‘ldirilgan edi. Saudiya Arabistoni o‘z fuqarolarini Kashikchini o‘ldirilishida ayblanishi rad etgan edi. Ammo qotillik sodir bo‘lgan vaqtdagi ovozlarni tinglash moslamalari orqali yozib olingani maʼlum bo‘lgach, Saudiya o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan edi.

Avvalgi materiallarda ham Saudiya Arabistoni hukumati sud tomonidan belgilangan hukumlar bir necha bor o‘zgartirganligi to‘g‘risida yozilgan edi.

P.S. Saudiya hukumati AQSh razvedkasi maʼlumotlarini qatʼiy rad etmoqda.