Qo‘shnilarimiz hududidagi mitinglar to‘g‘risida

Bugun Qirg‘iziston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan mitinglarga ozroq to‘xtalib o‘tishni lozim topdik.

Qirg‘izistonliklar nodavlat tashkilotlar va “Azattik” (Ozodlik) radiosiga qarshi, hamda Матраимов klanini qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi aksiyada ishtirok etdilar. Ushbu mitinglar kim tomonidan uyushtirilganligi, odamlar kim uchun chiqqaniga qarab anglash qiyin emas albatta.

Матраимов kim edi degan savolga javoban, u davlatga millionlab zarar yetkazgan va oxir oqibat aybi isbod topgan, o‘zi ham aybiga iqror bo‘lib, jarimalarni to‘lagan bo‘lib hozirda qamoq jazosini o‘tayotgan Qirg‘iziston bojxona qumitasi raisi o‘rinbosari.

Qozog‘istondagi mitinglar:

Qo‘shnilarimizda esa turli hududlarda namoyishchilar muhim bo‘lmagan muammolarni olib chiqib aksiyalar uyushtirmoqda, misol uchun Demokratik partiyaning Olmaotadagi harakati Janbolat Mamay (soxta oppozitsionist, uni qozog‘istonliklar shunday atashadi) boshchiligida aniq bir muammo uchun emas balki, tushunarsiz va ahamiyatsiz talablar bilan namoyish o‘tkazdi.

Bunday uyushtirilgan “norozilik” namoyishlari mohiyatan butunlay uyushmaganlik va tartibsiz shaklda tushunarsiz olib borilmoqda. Balki, qo‘shnishlarimiz aholini turli namoyishlar o‘tkazishi va tartibsiz mitinglar tashkil etishni demokratiya ko‘rinishi deb bilayotgandur.

P.S.G‘arbning bunday demokratik o‘yinlari qonunlar ishlamasligidan va yovvoyi ko‘rinish ekanligini anglash vaqti kelgandur!