Yana Qirg‘iziston prezidentlari…

Qirg‘izistonda “aholi” mamlakatning 2 nafar sobiq rahbarini yaʼni isteʼfodagi Sooronbay Jeenbekov va respublikani 2010 yil aprelidan 2011 yil dekabriga qadar boshqargan Roza Otunbayevalarni eks-prezident maqomidan mahrum qilishni taklif qilmoqda.

Ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlash uchun 15 ming imzo to‘plangan. Faollarning taʼkidlashicha, “Sobiq siyosatchilar umrbod jinoiy immunitetga, yuqori pensiya va boshqa imtiyozlarga ega bo‘lishga loyiq emaslar va ularni moddiy “ushlab turish” kambag‘al mamlakat byudjeti uchun qimmatga tushmoqda.”

Qirg‘izistonning 5 nafar sobiq prezidentidan 2 nafari qidiruvda “qochoqda”, biri qamoqda va yana ikkitasi o‘z maqomidan mahrum qilinmoqda.

Mutlaqo ishlamaydigan siyosiy tizimning alomatlari yana-da aniqlashmoqda.