FZB Xitoyga qarshi kurashish uchun raqamli dollar ustida ishlamoqda

AQSh Moliya vaziri Janet Yellen va Federal zaxira banki raisi Jerom Pauell raqamli dollar AQSh uchun eng ustuvor loyiha, deb hisoblamoqda deb xabar bermoqda CNBC telekanali.

“Menimcha, markaziy banklar raqamli dollarga eʼtibor berishlari lozim. Boston Federal zaxira banki vakillari uni xususiyatlarini o‘rganish uchun Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari bilan hamkorlik qilmoqda. Ha, bizda moliyaviy imkoniyatlarga ruxsat muammosi mavjud. Juda ko‘p amerikaliklar oddiy to‘lov tizimlari va bank hisob raqamlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emaslar. Markaziy bankning raqamli valyutasi bo‘lgan raqamli dollar esa bunda yordam berishi mumkin. Men bu tezroq, xavfsizroq va arzonroq to‘lovlarga olib boradigan yo‘l ekanligiga ishonaman”, – dedi Yellen New York Timesga bergan intervyusida.