O‘zbekiston suv tanqisligini kutmoqda

Qo‘shnilarimizda joriy yilda yog‘ingarchilik kam bo‘lishi, suv masalasida mamlakatimizda muammolar kutazatilishi va bu borada Tojikiston ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida material chop etildi. Uni eʼtiboringizga havola qilamiz.

“O‘zbekistonlik energetiklar mart oyidagi kuchli yomg‘irlarga umid qilmoqdalar.

O‘tgan yozda Tojikiston O‘zbekistonga suv masalasida yordam berganligi bois, ko‘pchilik, jumladan mutaxassislar ham, – suv kamligi sababli kuz- qish davrida mamlakatni o‘zida energiya cheklovi joriy etilganini aytgan edi.

O‘zbekiston joriy yildagi sug‘orish mavsumida 2008 yilda kuzatilgan keskin suv tanqisligiga duch kelishi mumkin, deb xabar berdi Suv xo‘jaligi vazirligi.

Ushbu prognoz respublikadagi gidrometeorologik vaziyatni tahlil qilish natijasida olingan maʼlumotlar asosida tuzildi.

O‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi davridagi vegetatsiya vaqtida (apreldan sentyabrgacha) transchegaraviy hisoblangan Amudaryo va Sirdaryoda suv hajmining kuchli pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, agar hozirgi yog‘ingarchilik miqdori ayni vaqtdagidek davom etsa, vegetatsiya davrida suv taʼminoti darajasi meʼyordan 25 foizga pastlaydi va 2008 yil darajasiga tushadi.

Hozirda O‘zbekiston suv omborlari suv bilan to‘ldirilmoqda, ammo ayni vaqtda zaxiralar darajasi avvalgi yillarga qaraganda ancha past. O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi mart oyidagi mo‘l yog‘ingarchilik oqibatida qishloq xo‘jaligi sanoati uchun yetarli suv zaxiralarining to‘planishiga umid qilmoqda. Eslatib o‘tamiz qishloq xo‘jaligi sanoati O‘zbekiston YAIMning beshdan bir qismini tashkil qiladi.

Ochiqchasiga…

Tojikiston hududining 90% daryolar oqimini shakllantirishda ishtirok etadi, deb hisoblaydi respublika suv xo‘jaligi vazirligi.Mamlakat suv resurslari muzliklar, daryolar, ko‘llar, suv omborlari va yer osti suvlari hisobiga shakllanadi.

Tojikiston hududida har yili o‘rtacha 64 kub kilometr (km³) suv hosil bo‘ladi, shundan 98,2 foizdan ortig‘i Amudaryo daryosi havzasini, 1,8 foizga yaqini Sirdaryo havzasini shakllantiradi.

Tojikiston daryolari, o‘z navbatida, yiliga o‘rtacha Orol dengizi havzasiga boruvchi suv oqimining 55,4 foizini tashkil qiladi.

Respublikada o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik 760 mm atrofida bo‘lib, bu miqdor mamlakat janubidagi ayrim mintaqalarida 100 mm dan Pomirning tog‘larida 2400 mm gacha o‘zgarib turadi.

Tojikiston yordam berishi mumkin?

Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligining maʼlumotlariga ko‘ra, respublika aslida o‘z hududida hosil bo‘lgan suvning 17-20 foizidan foydalanadi.

Shuni tushunish kerakki, respublika transchegaraviy daryolarning quyi oqimi mamlakatlari singari isteʼmolchi emas, shunchaki suvdan foydalanuvchidir.

Tojikiston qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun juda oz miqdordagi suv resurslarini isteʼmol qilishiga sabab respublika hududining 93 foizini tog‘lar tashkil qilishidir.

Tojikistonga suv asosan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun kerak. Binobarin, bahorgi-yozgi davrda maʼlum miqdordagi suv Gidroelektr stansiyasining suv omborlari tomonidan to‘planib, bu zaxiralardan kuz-qish davrida, daryoning oqimi ancha kamaygan paytda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalanadi.

Ushbu suvni to‘plash faqat Markaziy Osiyodagi suvni muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiyasi tomonidan belgilanadigan suv olish limiti hisobiga amalga oshiriladi.

So‘nggi yillarda Tojikiston o‘ziga berilgan limitdan ham amalda foydalanmayapti. 2019 yilda respublikaning suv olish miqdori 12,7 milliard kubometr suvni tashkil etdi, yaʼni respublika o‘z hududida hosil bo‘lgan suv resurslarining 19,8 foizidan foydalanishi bo‘yicha limit oldi. Biroq, yil yakunlari bo‘yicha respublika 10,7 milliard kubometrni suvdan foydalangan.

2020 yilda Tojikiston tomonidan qancha miqdorda suv ishlatilishi to‘g‘risida rasmiy maʼlumotlar yo‘q, katta ehtimollik bilan, avvaalgi yillar kabi kam ishlatish tendensiyasi davom etgan.

Taʼkidlash lozim, o‘tgan yilning yozida respublika rahbariyati suv resurslarini to‘plash bilan bog‘liq muammolar haqida gapirgan va kuz-qish davrida mamlakat aholisi elektr energiyasining keskin tanqisligiga duch keldi: qishloq aholisi hozirgi kunlarda ham tunda “elektr energiyasi” yetishmasligidan aziyat chekdi. Tojik energetiklari o‘tgan yozda suv limitidan foydalanish bo‘yicha aniq tushuntirish bermagan.

Biroq, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligining saytida 2020 yil 20 iyuldagi qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun Tojikiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida “Tojikiston dengizidan” (Qayroqqum suv ombori) qo‘shimcha suv olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi degan xabar ko‘p narsaga “aniqlik” kiritdi.

Xabarda aytilishicha suv omboridan qo‘shimcha suv olish uchun 1,5 milliard so‘m miqdorida moddiy-texnik resurslar ajratilgan, ular foydalanib bo‘lingandan so‘ng, minnatdorchilik belgisi sifatida Tojikistonga berib yuboriladi.

Demak, Tojikiston o‘z limitini qo‘shnilari bilan baham ko‘rdi, lekin teskarisi bo‘lib limitdan o‘z foydasiga foydalanganda qo‘shnichilik biroz boshqacha bo‘lardi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qo‘shnilar bilan bo‘lishish bu yaxshi, biroq bu narsa mamlakatning o‘z aholisiga salbiy taʼsir ko‘rsatmasligi kerak.

Biz o‘z navbatida qo‘shni mamlakat OAV lari ham Markaziy Osiyoda geosiyosiy vaziyatda katta o‘rin tutuvchi suv masalalarini ko‘tarib chiqayotganliklariga eʼtibor qaratmoqdamiz.

Mart oyida yomg‘ir ko‘p yog‘ishini tilab qolamiz…