Prezidentimizning Rossiyaga tashrifi rus segmentidagi talqini

Prezidentimizning Rossiyaga tashrifi oldidan rus segmentidagi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab materiallar chiqdi. Shulardan birini o‘qishni taklif etamiz.

“Mirziyoyev ham Moskvaga ketmoqda. Yaqinda Qirg‘iziston Prezidenti Putinning oldiga borgan edi. Endi esa O‘zbekiston rahbari Kremlga davlat tashrifi uchun bormoqda.

Joriy yil boshidan boshlab Rossiya Markaziy Osiyoda o‘z taʼsirini kuchaytira boshladi va juda katta miqdordagi shartnomalar imzolandi.

Faqatgina 2020 yilning o‘zida Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi: o‘zaro savdo hajmi – 5,9 milliard dollar (2016 yilda – 2,7 milliard dollar).

Birinchi marotaba Mirziyoyev 2017 yilda Moskvaga borgan. Keyinchalik, Putin bilan muzokaralardan so‘ng, 15 milliard dollarlik 39 ta shartnoma imzolandi, garchi bu asosan investitsiya loyihalari bo‘lsada.

Bu safar O‘zbekiston Prezidenti qancha pul olishi nomaʼlum. Ammo Rossiyaning endi o‘zining xom ashyo bo‘lmagan mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirishi va Markaziy Osiyoda o‘z mavqeini mustahkamlashi (aniq) haqiqatdir.

Ammo harbiy-texnikaviy hamkorlik qanday amalga oshirilishi aniq emas.

Ammo respublika urush olib bormadi, qurolli to‘qnashuvlar bo‘lmadi. Umuman O‘zbekistonga Rossiya harbiy texnikalari kerakmi? Rossiya Federatsiyasi havo hujumiga qarshi mudofaa, yangi vertolyotlar, samolyotlar, bronetransportyorlar, tanklarni sotib olish to‘g‘risida aytmoqda. Ammo Toshkent harbiy texnikani kimdan sotib oladi? Rossiya o‘zining “texnik vositalarini” sotishga qarshi emasligi aniq va bunga O‘zbekistonning bir vaqtlar KXSHT aʼzosi bo‘lganligi sabab bo‘lmoqda.