Tojikiston va O‘zbekistonda harbiy bilet qancha turadi?

Yaqinda mamlakatda muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar rasmiy ravishda  pul to‘lab armiyada bir oygina xizmat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Asosiy savol – bunday “imkoniyat”ning narxi qancha?

Narx bo‘yicha rasmiy maʼlumotlar hali mavjud emas, bu masala hali ham muhokama qilinmoqda.

OAV turli manbalarga asoslanib 25-28 ming somoniy (2200-2450 AQSH dollar) miqdorida. Gap shundaki, mamlakatda o‘rtacha ish haqi 120 AQSH dollar atrofida.

Huddi shu tizim O‘zbekistonda ham ishlaydi. U yerda harbiy bilet narxi 6 737 500 so‘mni ($ 650) tashkil etadi. Sport toifasiga ega bo‘lganlarga 50% chegirma ($ 325) beriladi.

Bugun Tojikistonda harbiy komissarlik xodimi hibsga olingan. U bir kishiga avvaliga 700 dollarga harbiy bilet sotib olishni taklif qilgan birozdan so‘ng 500 dollarga tushurgan.