V.V.Putin…

Ko‘pchilik siyosatchidan insoniylik, yolg‘on gapirmaslik, vaʼdada turish va boshqa shu kabi fazilatlarni kutadi. Kutish barobarida talab qilish foizlarini kamaytiradi. Davlat aksar hollarda ko‘pchilikning xohishini bajarishga majbur bo‘lgan. Bunda millat o‘zi uchun eng muhimlarini belgilashi va talab qilishdan charchamaslik kerak. Talab qilmasa, keyinroq (asosan u taxtini mustahkamlab olgach) “men unga ishongandim”, “aldoqchi ekan”, “vaʼdasida turmadi” kabi “siyosiy g‘iybatlar” bilan band bo‘ladi.

Arshavin aytganidek, sizning kutganingiz – sizning muammoingiz. Hamma platformada talab qilishdan charchamaslik kerak. Tizimni rivojlanishiga ishlash va tizimni manfaatlariga moslashtirish boshqa-boshqa narsalar. Sizning yuqoridagi “siyosiy g‘iybatlar”ingiz siyosatchining etini junjuktirib ham qo‘ymaydi, ishonavering. Biz taraflarda shunday: ko‘pincha qonsiz, jonsiz, yuzsiz kurashga kiriladi. Material olingan manbaa.