Turkmanistonda nima gaplar?

Turkmanistonda so‘nggi yillarda respublikada oziq-ovqat mahsulotlari uchun katta navbatlar, bankomatlar oldida esa odamlar ko‘pligi shuningdek, ish joylarini qisqartirish odatiy holga aylangan. Lekin, bugunga kelib mustaqil Turkmaniston tarixidagi eng yomon deb nomlangan iqtisodiy inqiroz yana-da og‘irlashishi mumkin.

Ajablanarlisi mamlakat erishayotgan “yutuqlar” haqidagi davlat targ‘ibotiga qaramasdan, Arkadag‘ning o‘zi ham bu yutuqlarga ishonmayotgani baʼzi chiqishlarida sezilmoqda.

Mamlakatda ishsizlik 60 foizga yetgan. So‘nggi uch yil ichida turkman fuqarolarining 80 foizdan ko‘prog‘i ishlayotgan davlat sektorida o‘n minglab ish o‘rinlari qisqartirildi.

40 yoshdan oshgan turkmanistonliklar, mamlakatdagi hozirgi iqtisodiy tanazzulni 1990 yillar boshidagi muammolar bilan taqqoslashmoqda, yangi mustaqil bo‘lgan aholi moliyaviy muammolar tufayli og‘ir oziq-ovqat inqiroziga duch kelgan. Turkmanlar bu davrni “ocharchilik yillari” deb atashadi.

Turkmaniston “90 yillardagi ocharchilik”ni o‘sha vaqtda o‘sib borayotgan gaz va neft narxlari va ularning eksport hajmining ko‘payishi tufayli yengib o‘tgan edi. “Gaz dollarlari” yomg‘iri iqtisodiy barqarorlikni taʼminladi, xalqni bepul gaz, elektr va suv bilan taʼminlashga imkon berdi (bu imtiyozlar Berdimuhamedov tomonidan 2019 yilda bekor qilingan) va oziq-ovqat mahsulotlariga subsidiyalar berilib, davlat do‘konlari tizimini ushbu uslubda ushlab turdi.

Hukumat tomonidan mamlakatda Kovid pandemiyasi inkor etilsada, Berdimuhamedovning o‘zi pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini allaqachon tan olgan. Arkadag‘ hattoki “iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli baʼzi qimmat loyihalarni qayta ko‘rib chiqishga” buyruq bergan, ammo baʼzi sabablarga ko‘ra yangi hashamatli mehmonxonalar, biznes markazlar qurilishi, Alabayga yodgorlik va velosiped o‘rnatilishi qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.

P.S.biroq, bir narsa tan olish kerakki, axborot maydonida Turkmanistonda ahvol og‘ir deyilishiga qaramasdan hech kim gaz-svet muammosini ko‘tarmaydi (garchi, xalqni bepul gaz, elektr va suv bilan 2019 yilga qadar taʼminlangan bu imtiyozlar Berdimuhamedov tomonidan 2019 yilda bekor qilingan bo‘lishiga qaramay to‘lovlar atrofdagi qo‘shni davlatlarnikidan ancha past ko‘rsatkichda) aholi davlat subsidiya o‘tkazayotgan do‘konlardagi navbatlarni yoki qimmatlashgan sigaretalar haqida yozmoqda. Turkmanistonliklar pul yetishmasligidan Rossiyaga yoppasiga ishlash uchun ketib qolmayapti shunchaki, faktlar: Rossiyaga ishlash uchun kelgan (maʼlumotlar Rossiya OAVlaridan olingan) chet el fuqarolarining aksariyati MDH davlatlaridan. 2019 yilning birinchi yarmidagi xolat bo‘yicha: birinchilik O‘zbekistonga tegishli bo‘lib, ushbu mamlakatdan Rossiyaga ishlash maqsadida 918 ming kishi kelgan. Ikkinchi o‘rinda Tojikiston – 523,9 ming kishi, undan keyin Qirg‘iziston – 265 ming, Ukraina – 164,6 ming kishi, shuningdek Qozog‘iston – 105,3 ming kishi kelgan.