8-mart kuni Qirg‘iziston va Qozog‘istonda feministik norozilik marshlari bo‘lib o‘tdi

Bu namoyishlarga alohida-alohida taʼrif berish to‘g‘ri bo‘lsa kerak.

Qirg‘iziston – Bishkek va O‘shda: namoyishchilar “ayol baxti” nima ekanligini lozing qilib oldilar. Ishtirokchilar hayotning barcha jabhalarida tenglik, kamsitish, jinsiy notenglik va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish haqida so‘zga chiqdilar.

Qozog‘istonda – Olmaota: feministik yurish uyushtirilib, ko‘proq Qozog‘iston ayollari huquqlari uchun emas, balki milliy mentalitetga qarshi kurash bo‘yicha harakatlar amalga oshirildi.

Bu yerdagi namoyishlar risolada mamlakatdagi ayollar huquqlari uchun kurashish va jismoniy zo‘ravonlikni oldini olish o‘rniga (Qozog‘istonda erkaklarning 68,5% o‘z xotinlarini kaltaklashni odatiy hol deb bilishadi va 96% qozog‘istonlik ayollarga nisbatan eskicha qarashga ega – ГСНИ (BMTdagi IjtiNorm Gender Indeks) respublikada ular jinsiy muammolarni targ‘ib qilmoqda. Ochiqroq aytadigan bo‘lsak, boshqa shior bilan chiqish qilish rejalashtirilib oxir oqibat boshqa tashviqot olib borish bilan tugadi. Yaʼni avval ular ayollar huquqlari uchun yurish qilishini eʼlon qilib, jinsiy ozchiliklarning huquqlari uchun harakatni boshlab yubordilar.

P.S. aytib o‘tish joiz bo‘lsa kerak, Qirg‘izistonda amaldagi prezident hukumatga kelgunga qadar diniy qadriyatlar bo‘yicha aholiga bong urib keldi. Biroq, amalda turli namoyishlar o‘tkazilishiga demokratiyaning bir ko‘rinishi sifatida panja ortidan qarab “jinsiy ozchilik”larning ilk qadamlariga yo‘l qo‘yib bermoqda. Qozog‘istonda esa namoyish o‘tkazish keyingi bosqichga o‘tganini ko‘rib turibmiz.

Kuzatamiz qo‘shnilarimizdagi bunday “demoratiya” ko‘rinishlari kirib kelmasiligi yo‘lida harakatlarni faollashtirish turli grantlarga uchmaslik kerakligini ko‘proq yoritamiz.