O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik olib borishda qanday yo‘l tutadi?

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi  o‘rtasida harakat qilmoqda. Siyosatshunoslar respublikaning 30 yillik mustaqilligi natijalarini muhokama qilar ekan: “Qo‘shma Shtatlar bilan birga Yevroosiyoda bo‘lgan yaxshidur? Balki,  Rossiya bilan birgalikda taraqqiyot va farovonlik yo‘li osonroq bo‘lar?”

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida allaqachon muzokaralar olib borilmoqda. Savdo masalalari muhokama qilinmoqda, Gruziya va Ukraina singari kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzolash va viza rejimini soddalashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ammo, shu bilan birga, Shartnoma hujjatlarida o‘ziga xos xususiyatlar (aniqlik) mavjud emas. Faqat tariflar bo‘yicha kelishib olinadi xalos. Rossiya ushbu muzokaralarda O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi  o‘rtasidagi hamkorlik qanday tartibda olib borilishini ochiqlashni so‘radi.

Yevropa Ittifoqi esa bunday takliflarni ko‘rib chiqmaydi, lekin MDHning har bir davlatlari va Markaziy Osiyo bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib boradi.

Bundan tashqari, Yevropa o‘z bozorlariga o‘zbek mahsulotlarini kiritishga shoshilmayapti; o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan sanksiyalar va boykotlar hanuzgacha saqlanmoqda.

Yaqin o‘n yillikda O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya va Qozog‘istonga yetkazib beradigan hajmda yetkazib berishi imkoniyatiga ega emas.

Birinchidan, ishlab chiqarish chegaralari mavjud, yetkazib berishning asosiy hajmi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga bog‘liq.

Ikkinchidan, O‘zbekiston xomashyo yetkazib beruvchi emas. Agar u paxta xomoshyo sifatida yetkazib berishga roiz bo‘lganida edi, uni quchoq ochib kutib olishardi. Ammo O‘zbekiston xomashyo emas, balki qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot sotmoqchi.

Bozor maydoni esa juda raqobatbardoshdir.