Turkmaniston: Askarlar flot uchun ajratilgan yoqilg‘ini yashirincha sotishmoqda

“Ichki ishlar vazirligining 1001-sonli Turkmaniston Prezidenti otasi Myalikguli Berdimuhamedov nomidagi Meri harbiy bo‘limi zobitlari xodimlarni shu yerda joylashgan flot uchun ajratilgan yoqilg‘i-moylash materiallarini sotishga majburlamoqda”,- deya xabar bermoqda «Xroniki Turkmenistana» internet nashri

Erta tongdan vaqtinchalik harbiy xizmatni o‘tash askarlari tomonidan boshqariladigan texnik va sanitariya xizmatining transport vositalari, don transport vositalari yoki shaxsiy tarkibni tashish uchun yuk mashinalari shaharga jo‘nab ketadi va avtoulovlarda yoqilg‘i-moylash materiallari sotish uchun olib chiqib ketiladi.

Shu tarzda “chiqarilayotgan” benzin 15litri 20 manatdan (“qora bozor” kursi bo‘yicha 0,67 dollar), yaʼni litri 1,33 manatdan sotilmoqda. Katta hajmda sotib olayotganlar uchun narx tushadi. Masalan, 50 litr 60 manatdan yoki litri 1,2 manatga to‘g‘ri keladi.

Har bir haydovchi askar kuniga 30-40 manatdan benzin, dizel yoqilg‘isi yoki motor moyini sotishi va bu pulni ofitserga olib kelishi shart.

Ofitser “tovarlarni” yetkazib berish kerak bo‘lgan manzilni beradi, baʼzida esa xaridorlarni qidirish askarlarning o‘zlarining zimmasida. Ularning baʼzilari esa doimiy mijozlarini topib ulgurgan.

Agar yoqilg‘i yoki moyni sotish “muvaffaqiyatsiz” tugasa, ofitser askarlardan o‘z cho‘ntagidan unga “tovon” to‘lashni talab qiladi, aks holda uni qorovulxonaga yuborish bilan tahdid qiladi.

Yoqilg‘i-moylash materiallarini sotishdan tashqari, ofitserlar muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlardan “klassik” uslubdagi pul ishlab oldilar yaʼni, ularga qarindoshlari bilan mobil telefon orqali suhbatlashish imkoniyatini taklif qilishadi. Besh daqiqalik suhbat 15 manatdan iborat. Rasmiy ravishda bo‘linma hududida telefonlardan foydalanish taqiqlanadi, ammo har bir ofitserda telefon mavjud.

Bayramlarda askarlar komandirlarga va ularning xotinlariga sovg‘alar berishlari shart. 8 martga qadar ular parfyumeriya, uzuk va sirg‘alarga pul yig‘ishadi. 23 fevral kuni ular ofitserlarga sovg‘alar qilishadi. Har bir qo‘mondonning o‘zi qo‘l ostidagilarga bayram uchun nima kerakligini aytadi.

Rasmiy ravishda Turkmanistonda Vatan himoyachilari kuni 27 yanvarda nishonlanadi, ammo harbiylar, eski anʼanaga ko‘ra, o‘zlarining bayramlarini 23 fevralda nishonlaydilar.

Meri shahridagi Ichki ishlar vazirligining 1001-sonli harbiy qism binolari majmuasi 2016 yil iyul oyida tantanali ravishda ochilgan. Davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qism “askarlarning to‘laqonli hayoti va dam olishlari, xizmatdan bo‘sh vaqtlarida ularning qiziqarli va foydali o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan”.

Aslida, “XT” internet nashri manbalariga ko‘ra, askarlar, boshqa harbiy qismlarning aksariyat qismida bo‘lgani kabi, og‘ir sharoitlarda yashaydilar va juda yomon ovqatlanadilar. Aksincha, o‘sha hududda joylashgan maxsus politsiya bo‘limida xizmat ko‘rsatish sharoitlari sezilarli darajada yaxshiroq.

P.S.bizda sharoitlar qanday?